Telefoningizdagi sizga noma’lum bo‘lgan imkoniyatlar

Telefoningizdagi sizga noma’lum bo‘lgan imkoniyatlar

Xususan, aloqa doirasidan tashqarida favqulodda holat sodir bo‘lganda «112» raqamini terish mumkin. Shunda telefon mintaqada mavjud bo‘lgan favqulodda holat raqamlarini qidira boshlaydi. Mazkur raqam dunyoning barcha mamlakatlarida amal qiladi. Uni qurilma blokirovka holatida bo‘lganida ham terish mumkin. Bundan tashqari, telefon avtomobil kalitlari transport vositasi ichida, zaxira kalitlar esa uyda qolib ketganida ham asqotadi. Shunday vaziyat yuzaga kelsa, telefondan uydagi biror kishining uyali aloqasiga qo‘ng‘iroq qilib, mobil qurilmangiz va avtomobil eshigi oralig‘ida 30 santimetrlik masofani saqlashingiz lozim. Uydagi kishi zaxira kalitni mobil qurilmasiga yaqinlashtirib, undagi mashinani ochishga mo‘ljallangan tugmani bosadi va natijada, avtomobil ochiladi. Bunda uydan avtomobilgacha bo‘lgan masofaning ahamiyati yo‘q.

O‘QING: Internetda qanday pul topsa bo‘ladi?

Telefon qurilmasining seriya raqamini bilish uchun *#06# kombinatsiyasini terish lozim. Shunda ekranda 15 xonali raqam paydo bo‘ladi. Mazkur kod har bir telefon uchun alohida berilib, boshqa hech qaysi mobil qurilmada takrorlanmaydi. Ushbu raqamni kerakli joyga yozib qo‘yish foydadan holi emas. Negaki, masalan, telefoningiz o‘g‘irlanganda, operator bilan bog‘lanib, kodni bersangiz, u telefoningizni blokirovka qilib qo‘yadi. Bunda sim-karta almashtirilsa ham, qurilmadan foydalanishning imkoni bo‘lmaydi.Telefoningizni qaytara olmasangiz ham, undan hech kim foydalanmayotganiga ishonchingiz komil bo‘ladi. Balki qaytarishingiz ham mumkin.

O‘QING: Instagram’ga suratlarni kompyuterdan yuklash yo‘li topildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!