Telegram'da ham terrorchilik harakatlari boshlanmoqda

Telegram'da ham terrorchilik harakatlari boshlanmoqda

Belgiya aksilrazvedka xizmati (VSSE) ma’lumotiga ko‘ra, ilgari o‘z targ‘ibotini ijtimoiy tarmoqlarda olib borgan terrorchilar endi «Telegram» messenjeridan amalga oshirishga o‘tmoqda. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. 

Xizmat tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha yil oldin Suriya va Iroqdagi ba’zi bir terrorchilik guruhlarining targ‘ibot materiallari Internet tarmog‘ida keng ravishda tarqatilmoqda. Xususan, Telegram'da ham. 

Hozirda butun dunyoda 200 milliondan ziyod internet foydalanuvchilari Telegram'dan (O‘zbekistonda 20 milliondan ziyod)  foydalanadi. Bunday katta auditoriya, vaholanki, terroristik harakatlar uchun yaxshigina yordam berishi tabiiy.

Shuningdek, Belgiya razvedka xizmati hisobotida bir necha yillardan beri «Facebook», «Twitter» va «YouTube» kabi kompaniyalar terrorizm ruhidagi xabarlarni tez aniqlab, ularni o‘chirib tashlayotganini, natijada terrorchilar o‘z targ‘ibotini yanada torroq doirada xabar almashiladigan «Telegram» kabi ilovalarga ko‘chira boshlashayotganini ta’kidlamoqda.

O‘QING: Telegram'ning ko‘pchilik bilmaydigan sirlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!