Telegram’da kompyuter tizimlari uchun ham ovozli qo‘ng‘iroq ishga tushdi

Telegram’da kompyuter tizimlari uchun ham ovozli qo‘ng‘iroq ishga tushdi

Telegram xizmati mobil ilova orqali audio-qo‘ng‘iroqlarni o‘tgan mart oyi yakunida ishga tushirgan edi. Endi esa Telegram messenjeri Mac, Windows hamda Linux operatsion tizimlarida ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi funksiyani sinov tariqasida ishga tushirdi. Bu to‘g‘rida messenjerning rasmiy Twitter-akkauntida xabar berilmoqda. Ilovani yuklab olish.

Ovozli qo‘ng‘iroqlar Telegram Desktop’ning alfa-versiya, ya’ni boshlang‘ich talqinida mavjud. Uning orqali boshqa foydalanuvchilarga qo‘ng‘iroq qilish, shuningdek oxirgi qo‘ng‘iroqlar ro‘yxatini ko‘rish mumkin. Ilovada maxfiy qo‘ng‘iroqlar uchun sozlamalar ham bor.

Maxfiy chat messenjerlari kabi, bunda ham qo‘ng‘iroqni shifrlash mumkin. Qo‘ng‘iroqni shifrlash orqali uning xavfsizligini ta’minlash uchun, Telegram Desktop qo‘ng‘iroq paytida, ilovaning mobil versiyasidagi kabi, qo‘ng‘iroq oynachasida to‘rtta smaylikni ko‘rsatadi. Ularni suhbatdoshning ekranidagi virtual ramzlar bilan taqqoslash va shu orqali messenjerning suhbatni qanchalar aniq shifrlashiga amin bo‘lish mumkin.

Telegram Desktop’da suhbatlarni audio-quloqchinlarni kolonkalarga ulash orqali amalga oshirish mumkin.

Telegram’ning ogohlantirishicha, ilova sinov talqinda bo‘lgani bois, beqaror ishlashi ham mumkin. Audioqo‘ng‘iroqlarning qachondan to‘liq ishga tushirilishi noma’lum.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!