Telegram’dagi barcha yozishmalaringiz va fayllaringizni ko‘chirib olish yo‘li bor!

  •   DiMaX
  •  2344
  •  06.09.2018 13:39

Telegram’dagi barcha yozishmalaringiz va fayllaringizni ko‘chirib olish yo‘li bor!

Yevrokomissiya talabiga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari hududida amal qiluvchi onlayn servislar o‘z foydalanuvchilariga ularda to‘plangan ma’lumotlarni yuklab olish imkonini berishlari lozim. Bu kishi muayyan servisga bog‘lanib qolmasligi, undagi ma’lumotlarini o‘ziga olib qo‘yib, akkauntini yo‘q qilib yubora olishi uchun ham zarur.

O‘QING: Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?

Jumladan, O‘zbekistonda ancha ommabop bo‘lgan Telegram messenjerida ham shaxsiy ma’lumotlarni ko‘chirib olib qo‘yish imkoniyati taqdim etilgan. Siz undan o‘z akkauntingiz haqidagi ma’lumotlarni, kontaktlaringiz ro‘yxatini, yozishmalar va ularda almashilgan fayllarni yuklab olishingiz mumkin.

Bu esa quyidagi harakatlar yordamida amalga oshiriladi:

  1. Kompyuteringiz yoki noutbukingizda Telegram Desktop dasturi bo‘lmasa, uni mana bu yerdan yuklab olib o‘rnatasiz va unda akkauntingizga kirasiz.
  2. Dasturdagi asosiy «Sozlamalar»ga – «Nastroyki»ga kirib, «Maxfiylik va xavfsizlik», ya’ni «Konfidensialnost i bezopasnost» bo‘limiga o‘tasiz hamda punkt «Telegram’dan ma’lumotlarni eksport qilish» – «Eksport dannix iz Telegram» bandini bosasiz.

O‘QING: Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

  1. Ochilgan oynada aynan nimalarni ko‘chirib olmoqchi ekaningizni belgilab chiqasiz: akkauntingiz haqidagi ma’lumotlar, kontaktlaringiz ro‘yxati, kishilar bilan yozishmalar, botlar bilan qilingan chatlar, guruhlar va kanallardagi yozishmalar, barcha turdagi mediafayllar va hokazo. Tanlab bo‘lganingizdan so‘ng «Eksport qilish», ya’ni «Eksportirovat» tugmachasini bosasiz. Ma’lumotlarni HTML yoki JSON formatida yuklab olish mumkin – shulardan birini tanlaysiz. Shuningdek, qayerga ko‘chirib olishni ham tanlashingiz mumkin (dastlabki sozlamalariga ko‘ra, ular dastur o‘rnatilgan «Telegram» jildining o‘ziga yuklanadi).

  1. Toki to‘liq ko‘chirib bo‘lmaguncha Telegram Desktop dasturini yopmay turasiz.

Tayyor – endi siz o‘z akkauntingizni o‘chirib yuborsangiz ham, undagi kontaktlaringiz ro‘yxati, yozishmalaringiz va fayllaringiz o‘zingizda saqlanib qoladi.

Telegram Desktop alfa-versiyasida esa alohida biror chatdagi yozishmaning o‘zini yuklab olish funksiyasi ham mavjud.

O‘QING: Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!