Telegram’dagi eng yaxshi botlar

  •   DiMaX
  •  26261
  •  01.03.2017 13:27

Telegram’dagi eng yaxshi botlar

Ushbu messenjerdan foydalanuvchilarning aksariyati uning botlaridan ham xabardor bo‘lishsa kerak. Protelegram.ru sayti o‘z versiyasiga ko‘ra rus tilidagi foydali va qiziqarli bir necha botlar ro‘yxatini e’lon qilgan. Ular orasidan bizning muxlislar uchun ham kerakli bo‘lganlarini quyida qisqacha izohlari bilan tavsiya etamiz.

@gymbossbot – fitnes-trener va parhezshunos (diyetolog) bot.

@pikabubestbotko‘ngilochar Pikabu saytidan eng yaxshi postlarga obuna boti.

@deagle_bot – bugungi kun bilan bog‘liq barcha bayram va tarixiy voqealarni biladigan bot.

@MStickersBotistalgan matnni yuborsangiz, uni stikerga aylantirib beradi.

@top3000botinglizcha so‘zlarni o‘rganyapsizmi? Mana shu bot eng ommabop 3000 tacha so‘zning inglizchasini biladi.

@LifeHackerRuBot lifehacker.ru sayti navigatori, komiks va mushukchalari ham bor.

@sonnik_bottushlarga ishonuvchilar uchun ta’birchi bot. Tushingizga nima kirganini yozib yuborsangiz, uni ta’birlab beradi.

@cocktailbestbot – kokteyllar retseptlarini, shuningdek, kayfiyatingizga qarab kokteyl tanlab beradi.

@Photo_editor_bot – Fotomuharrir: kadrni sozlash, rasmni aylantirish, turli effektlar qo‘shish, gardishga solish va boshqa funksiyalari bor.

@JavaDocsBot – dasturlashni o‘rganayotganlar uchun kerakli – Java bo‘yicha qo‘llanmalar.

@docphpbot – dasturchilar uchun yana bir bot, PHP funksiyalari bo‘yicha ma’lumotnoma.

@transnow_botruscha-inglizcha va inglizcha-ruscha tarjimon. Inglizchadagi fraza shaklidagi fe’llarni yaxshi bilishi bilan ham tanilgan.

@vk_bot – VKontakte tarmog‘i bilan integratsiya: do‘stlar, musiqa, videolar, guruhlar va fotosuratlar ro‘yxati bo‘yicha qidiruv.

@synonim_bot – ruschadagi biror so‘zni yuborsangiz, uning sinonimlarini jo‘natadi.

@kinomanbotonlayn tarzda ko‘rish uchun serial yoki badiiy film tanlab beradi. Torrentlardagi yangi filmlar, kino olamidagi yangiliklar, shu mavzudagi o‘yinlar… – hammasi shu bitta botda.

@InstaRusBot – Instagramdan surat ko‘chirib olishga yordam beradi.

@ijokingbotKayfiyatni ko‘tarish kerakmidi? Mana shu botga istalgan matnni yuboring – javoban qiziqarli voqea yoki latifa jo‘natadi.

@baneksbot – so‘rovga ko‘ra latifa, latifalar bo‘yicha qidiruv, turli vaqt oralig‘ida mashhur bo‘lgan latifalar – mana shu botda.

@accentsbotruscha so‘zlarda urg‘u qaysi bo‘g‘inga qo‘yilishini bilmay qiynalasizmi? Unda bu bot aynan siz uchun!

@topdf_bot – matnli yoki rasm-fayllarni PDF formatiga o‘girib beradi. Ruscha tili yo‘q, ammo til kerak ham emas – faylni yuborsangiz bas.

@DrWebBot fayllar (10 MBgacha) va havolalarda viruslar bor-yo‘qligini tekshirib beradi. Biror virus xavfi bo‘lsa, Dr.Web saytidagi shu xavf haqidagi sahifaga yo‘llovchi havola beradi.

@ytranslatebotinglizchadan ruschaga va aksincha yo‘nalishdagi tarjimon. Shunchaki, matnni yuboring – bot uning tilini aniqlab, narigi tilga o‘girib beradi.

@mycookbotPazanda-bot. Sizda bor masalliqlardan kelib chiqib retsept tanlaydi va taom nomlariga ko‘ra retseptlarni topib beradi.

@MyTeleCloudBot Telegramdagi cheksiz «bulutli» server. To‘g‘ri, messenjerda o‘zingizga xabar yuborish funksiyasi orqali ham fayllaringizni saqlashingiz mumkin. Ammo bu botda yana fayllarni toifalariga ko‘ra saralash imkoni ham bor.

@AIPrismaBotApp Store va Google Play reytinglarida 2016 yili birinchi o‘rinlarni olgan Prisma ilovasining rasmiy boti. Fotosuratlaringiz va boshqa rasmlarni neyrotarmoqlar vositasida qayta ishlaydi, ularni mashhur rassomlar uslubiga solib beradi.

@yamashhur Yandeks saytining rasmiy boti. Imkoniyatlariga ko‘ra eng zo‘r rusiyzabon bot. Uning yordamida Yandeksning istalgan servisidan biridan foydalansa bo‘ladi.

Telegram uchun qiziqarli va foydali botlarning ikkinchi to‘plamini ham ko‘rib chiqishingizni tavsiya qilamiz.