Telegram uzoq kutilgan muhim funksiyaga ega bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  4756
  •  17.05.2018 11:48

Telegram uzoq kutilgan muhim funksiyaga ega bo‘ladi

O‘zbekistonda eng ommalashgan messenjerlardan biri Telegram bo‘lib, uning imkoniyatlari keng. Ammo boshqa ayrim messenjerlarda mavjud bo‘lgan muhim funksiyalardan biri – guruhli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish unda yo‘q.

O‘QING: Telegram’ning o‘nta yirik kamchiligi bor, bilasizmi?

Lekin tez orada Telegram foydalanuvchilari ham shu imkoniyatdan bahra olishlari mumkin bo‘ladi. Messenjerning yangilangan kodini o‘rganib chiqqan dasturchilar unda guruh tarzidagi ovozli so‘zlashuvlar haqidagi eslatmaga duch kelishgan.

Ayni damda guruhli so‘zlashuvlar uchun ko‘pchilik Skype’ni tanlaydi. Agarda Telegram’da ham bu funksiya ishga tushsa, u boshqa messenjerlar uchun jiddiy raqobatchiga aylanishi tayin.

O‘tgan yili joriy etilgan ovozli qo‘ng‘iroqlardagi kabi, guruhli so‘zlashuvlar ham end-to-end turidagi shifrlash orqali muhofazalangan bo‘ladi. Ammo mazkur funksiya aynan qachon ishga tushirilishi hozircha ma’lum emas.

O‘QING: Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!