Telegram'da navbatdagi firibgarlik: "Siz 3 oylik Premium obuna yutib oldingiz!"

Telegram'da navbatdagi firibgarlik:

O‘zbekistonda Facebook, Instagram'dan ham ko‘ra Telegram messenjeri juda keng ommalashgan. Joriy yilning iyun oyida platforma o‘zining pullik obunasi, Telegram Premium'ni ishga tushirdi. U foydalanuvchilarga ilovadagi cheklovlarni ikkiga ko‘paytirish, kanallarda paydo bo‘ladigan reklamalarni o‘chirish, eksklyuziv stikerlar, maxsus emojilardan va ularni profilga status sifatida qo‘yish imkonini beradi. Uning narxi esa mamlakatlarga qarab turlicha belgilangan. Masalan, O‘zbekistonda Telegram Premium narxi 32,999 so‘mni bo‘lsa, yaqinda Hindiston uchun bu narx 179 rupiya (24,000 so‘m) ga tushirildi. Premium obuna taqdim qilinadigan bir necha oy o‘tib, Telegram'da uni boshqalarga 3, 6 yoki 12 oyga sovg‘a qilish xususiyati ham paydo bo‘ldi. Kecha Telegram'da xuddi shu Premium obunani sovg‘a qilish bilan bog‘liq yangi firibgarlik turi paydo bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pchilik Telegram foydalanuvchilari begona profillardan rus tilidan tarjima qilinganda "Siz 3 oyga Telegram Premium yutib oldingiz. Uni olish uchun bu yerga o‘ting: @PremiumBot" xabarini olishgan. So‘zlar xatosiz, to‘g‘ri yozilganligi va Premium obunani olish uchun foydalaniladigan rasmiy Telegram boti manzili berilganligi sizda bu xabar uchun shubha uyg‘otmasligi mumkin, lekin bot uchun berilgan havola aslida "qo‘y terisiga o‘rangan bo‘ridir": unga sahifa uchun havola biriktirilgan.

Unga bossangiz maqola sahifasiga o‘tasiz va u yerda "sovg‘a"ngizni olish uchun boshqa bot havolasi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hayriyatki, Telegram botni bloklab ulgurgan (yo bot havolasi o‘zgartirib yuborilgan). Tahminan aytish mumkinki, agar botga o‘tganingizda sizdan katta ehtimol bilan akkauntingizga Telegram'dan kod yoki karta raqamingiz yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralgan bo‘lar edi.

Aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Bunday firibgarlarga aldanib, pulingizdan ajralib qolishni xohlamasangiz Telegram Premium'ni shunchaki to‘g‘ri yo‘l bilan sotib oling. Aslida bu siz o‘ylaganingizdan ancha oson. Masalan siz:

  • iOS uchun Telegram'da: App Store orqali Sozlamalar > Telegram Premium'ga o‘tib;
  • Android uchun Telegram'da: Play Store orqali Sozlamalar > Telegram Premium'ga o‘tib;
  • Android uchun Telegram'ning rasmiy veb-saytdan alohida yuklab olingan versiyasida: @PremiumBot orqali;
  • Windows uchun Telegram'da: @PremiumBot'ga o‘tish orqali olishinigiz mumkin.

Albatta, to‘lov Visa karta orqali amalga oshiriladi. Agar obunani ilovalar do‘konlari orqali olsangiz siz 2.99 dollar, agar rasmiy @PremiumBot orqali olsangiz 32,999 so‘m to‘laysiz.

O‘QING: Yana bir mashxur messenjerga ham "Story" qo‘shilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.