Telegram'ni yangilashga shoshilmang - boshqa ishlamay qolishi mumkin!

Telegram'ni yangilashga shoshilmang - boshqa ishlamay qolishi mumkin!

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab Telegram tarmog‘ining desktop versiyasi eski dasturiy tizimlari o‘rnatilgan kompyuter va noutbuklarda ishlashdan to‘xtaydi.

Kompaniyaning aytishicha, Windows XP, Windows Vista, OS X 10.6-10.9 dasturiy tizimlarini qo‘llab-quvvatlash to‘xtatiladi. Windows va OS X’ning yanada eski versiyalarida messendjer allaqachon ishlashdan to‘xtagan.

Sentyabr oyiga qadar Telegram desktop versiyasi yana bir necha marta yangilanishga ega bo‘ladi va shu yangilanishlardan so‘ng, yuqorida aytib o‘tilgan tizimlarda ishlashni bas qiladi. Agar siz ushbu dasturiy tizimlardan foydalansangiz va odatiy tarzda Telegram'dan foydalanishni istasangiz, yangilanishlarni o‘rnatishga shoshilmang va eski versiyadagi ilovani ishlatishda davom etavering.

O‘QING: TeraTarmoq: Telegram kanalimizda so‘rovnoma, muxlislar uchun guruh va Youtube'dagi sovrin g‘olibi