Telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirishda yana bir hamkorlik boshlandi

Telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirishda yana bir hamkorlik boshlandi

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) ishtirokida investitsion «Magistral va multiservisli ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish» va “IMS (IP Multimedia Subsystems) texnologiyasi asosida kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash» loyihalari amalga oshiriladi. Bu haqda AKT Vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning tijorat banklari kreditiga xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 951-sonli qarori qabul qilindi.

Shuningdek, mazkur qaror doirasida loyihalarni hayotga tatbiq etish magistral tarmoqlarning ishonchlilik va barqarorlik darajasini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga ko‘mak berish orqali O‘zbekistonning telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirishni ta’minlashga zamin yaratilishi aytilmoqda.

O‘QING: Davlat xizmatlari agentligida texnologik yechimlar sohasida eng ilg‘or hisoblanadigan tashkilot vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!