TeliaSonera O‘zbekistondagi aktivlarini sotuvga qo‘ymoqchi

TeliaSonera O‘zbekistondagi aktivlarini sotuvga qo‘ymoqchi

Shvetsiyaning TeliaSonera telekommunikatsion kompaniyasi 2015 yilning to‘rtinchi choragi uchun aktivlarining qadrsizlanishi tufayli 7,2 mlrd shved kronasi yoki 843 mln dollarni hisobdan chiqaradi. Kompaniya xabarnomasida keltirilishicha, Daniya va O‘zbekistondagi faoliyatning to‘xtatilishi bunga sabab bo‘lgan.

Kompaniya rejasiga ko‘ra, 2016 yil 29 yanvarida e’lon qilinadigan o‘tgan yil yakunlari hisobotda “Yevrosiyo” mintaqasidagi faoliyat tugatilgani, aktivlar esa sotuvga qo‘yilishi e’lon qilinadi.

Xabarlarga ko‘ra, TeliaSonera 2015 yilning so‘nggi choragida aktivlarini qaytadan hisobdan o‘tkazgan. Bunda O‘zbekistondagi faoliyat bilan bog‘liq 5.3 mlrd krona (620.5 mln dollar) va Daniyadagi faoliyatiga oid 1.9 mlrd krona (222 mln dollar) hisobdan chiqariladi.

Ilgariroq TeliaSonera Yevrosiyo mintaqasidagi (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova, Tojikiston, Nepal) faoliyatini susaytirishi, so‘ng to‘xtatishi ma’lum qilingan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!