Temple Run2 o‘yinining Tizen dasturiga mo‘ljallangan ilovasi yaratildi

Temple Run2 o‘yinining Tizen dasturiga mo‘ljallangan ilovasi yaratildi

Bundan bir necha kun oldin mashhur Temple Run2 o‘yinining Tizen platformasida ishlaydigan qurilmalarga mo‘ljallangan ilovasi Tizen Store do‘konida paydo bo‘ldi.

Phonearena saytining ma’lumot berishicha, o‘yinning Tizen versiyasi Imangi Studios dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ayni paytda uni Samsung Z1, Z2 yoki Z3 modellariga yuklab olish va o‘rnatish mumkin.

Samsung va Intel tarafidan hamkorlikda yaratilgan mazkur mobil platformada faoliyat ko‘rsatadigan qurilmalar Afrika va Osiyo qit’asidagi rivojlanayotgan smartfon bozorlarida yaxshi ommalashmoqda. Biroq ushbu operatsion tizim hali yangi bo‘lgani tufayli, uning Tizen Store deb nomlangan do‘konida uncha ham ko‘p ilova mavjud emas.

Ilovaning umumiy hajmi 40 MBni tashkil qiladi. Biroq uni telefonga o‘rnatgach, yana 100 MB atrofida qo‘shimcha o‘yin fayllarini yuklab olish kerak bo‘ladi.

Hozirda Android va iOS platformalaridagi ommabop ilovalarning Tizen dasturiga mo‘ljallangan versiyalari yaratilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!