Terabayt-dayjest: smartfonlar narxlariga nazar

  •   DiMaX
  •  3473
  •  21.09.2017 16:58

Terabayt-dayjest: smartfonlar narxlariga nazar

Saytimiz muxlislari katta qiziqish bilan kuzatib kelayotgan bo‘limlardan biri «Narxlar» bo‘ladi. Xususan, smartfonlarning bahosi – ko‘pchilikni qiziqtiradigan mavzudir.

Shundan kelib chiqib, bugun biz keyingi paytlarda turli ishlab chiqaruvchilarning smartfonlariga O‘zbekistonda belgilangan narxlar aks ettirilgan maqolalarimiz dayjestini taqdim etishga qaror qildik.

Bilasizki, «Terabayt.Uz» sayti o‘z hamkorlari bilan kelishgan holda, qurilmalarni xarid qilishning har xil yo‘llarini va bunda belgilangan narxlarni e’lon qilib kelmoqdamiz. Bugun shular aks etgan maqolalarimiz ro‘yxatini havolalari va qisqacha tavsiflari bilan e’tiboringizga taqdim etmoqdamiz.

* * *

Avvalo, hamkorlarimiz bilan yaqinda joriy etilgan xizmat – butun smartfonlarni sizga qulay to‘lov usuli bo‘yicha sotish va xaridingizni O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish haqida ikki og‘iz so‘z yuritsak.

Mazkur usulda xarid qilishning qulayliklari ko‘p: avvalo, to‘lovni o‘zingizga qulay usullarda amalga oshirishingiz mumkin. Qolaversa, barcha smartfonlar tegishlicha kafolatga ega bo‘lib, ularga quyidagi maqolada ko‘rsatilgan manzillardagi servis markazlarida kafolat xizmati ko‘rsatiladi.

Smartfon buyurtmasi esa mana bunday tartibda amalga oshiriladi:

  1. Yuqoridagi ro‘yxatdan o‘zingizga ma’qul smartfon modeli va rangini tanlaysiz.
  2. Telegram’dagi @ghost_stranger profili yoki +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimiz bilan bog‘lanib, tanlovingizni aytasiz va to‘lovni amalga oshirish uchun kerakli ma’lumotlarni olasiz.
  3. Berilgan ma’lumotlar bo‘yicha, smartfon pulini Click yoki Payme tizimlaridan biri orqali to‘lash yo‘li bilan buyurtma qilasiz.
  4. Ikki kun ichida buyurtmangizni qabul qilib olasiz.

Marhamat, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz smartfon buyurtma qilib, uni ikki kundayoq qo‘lingizga oling!

Ushbu xizmat asosida ayni damda zamonaviy Samsung smartfonlarini quyidagi narxlarda xarid qilishingiz mumkin:

Samsung Galaxy J turkumi

Galaxy J1 mini (2016) black, gold, white – 741 000 so‘m

Galaxy J1 mini Prime (2016) black, gold – 856 000 so‘m

Galaxy J1 black, white – 900 000 so‘m

Galaxy J1 (2016) black, gold – 988 000 so‘m

Galaxy J2 Prime black, gold – 1 164 000 so‘m

Galaxy J3 (2016) black, gold, white – 1 164 000 so‘m

Galaxy J5 (2016) black, gold, white – 1 558 000 so‘m

Galaxy J5 (2017) black, gold, blue, pink – 2 261 000 so‘m

Galaxy J5 Prime gold – 1 602 000 so‘m

Galaxy J7 (2017) black, gold – 2 657 000 so‘m

Samsung Galaxy A turkumi

Galaxy A3 (2017) barcha ranglar – 2 349 000 so‘m

Galaxy A5 (2016) barcha ranglar – 2 450 000 so‘m

Galaxy A5 (2017) black, gold, blue, pink – 2 876 000 so‘m

Galaxy A7 (2016) barcha ranglar – 2 975 000 so‘m

Galaxy A7 (2017) black, gold, blue, pink – 3 315 000 so‘m

Samsung Galaxy S turkumi

Galaxy S7 Edge blue – 4 282 000 so‘m

Galaxy S8 black, gold, grey – 5 774 000 so‘m

Galaxy S8 Plus black, gold, grey – 6 521 000 so‘m

* * *

Agarda Samsung smartfonlarini haqini birato‘la to‘lash yo‘li bilan so‘mga, naqd pulga xarid qilishni ma’qul ko‘rsangiz, ko‘pchilik qatori Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasiga borishingiz mumkin.

Kompaniyaning Galaxy turkumiga mansub ayrim smartfonlarining so‘mdagi narxlari bilan esa mana bu yerda tanishib olsangiz bo‘ladi.

* * *

Hozirda hisob-kitoblarni naqd pulsiz tarzda amalga oshirishga ko‘nikib ham qoldik. Ammo ba’zan elektrotexnika mahsulotlarini, jumladan, telefonlarni plastik kartochka orqali xarid qilish imkoni hamisha ham bo‘lavermaydi.

«Terabayt.Uz» saytining hamkorlari esa sizga shu imkoniyatni taklif etadi. Xususan, Samsung smartfonlari – eng bozori chaqqon tovarlardan bo‘lganligi sababli, ularning ayrim modellari narxlari bilan mana bu maqolamizda tanishib chiqishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, telefonlarni naqd pulga yoki plastik kartochkadan to‘lov orqali xarid qilishingiz mumkin va bunda narxlar o‘zgarmaydi.

* * *

Shuningdek, Samsung smartfonlarini kreditga, ya’ni haqini bir necha oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan naqd pulga sotib olish imkoni ham mavjud. Mazkur taklif faqat Toshkent shahrida doimiy propiskasi bo‘lgan xaridorlarga mo‘ljallangan.

Janubiy Koreya giganti smartfonlarini kredit bo‘yicha – bir necha oyda bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘li bilan naqd pulga xarid qilish shartlari va ularning narxlari bilan ushbu maqolamizda tanishish imkoni bor.

* * *

Smartfon deganda ko‘pchilikning xayoliga iPhone’lar kelishi ham bor gap. Ularning narxlari – o‘quvchilarimiz ko‘p qiziqadigan ma’lumotlardan biridir. Bu devayslarni kreditga – bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan, so‘mga xarid qilish esa yanada yaxshi imkoniyatdir.

Shularni hisobga olib, biz iPhone smartfonlarining kredit bo‘yicha so‘mdagi narxlarini mana bu yerda e’lon qilganmiz.

* * *

Agarda iPhone’lardan birini naqd pulga, to‘lovini kechiktirmasdan birato‘la to‘lash yo‘li bilan xarid qilishni istasangiz, Toshkentdagi «Malika» savdo markazi do‘konlariga tashrif buyurishingiz mumkin. Ularning so‘mdagi narxlari mana bu maqolamizda ko‘rsatilgan.

* * *

Xitoydagi yetakchi smartfonsozlardan biri, shubhasiz, Huawei bo‘lib, u har xil toifaga mansub smartfonlari bilan dunyo bozorida ham o‘z o‘rniga ega.

Poytaxtimizdagi «Malika» savdo majmuasida Huawei smartfonlariga belgilanayotgan so‘mdagi narxlar esa quyidagi maqolamizda berilgan. E’tibor bering: barcha modellardagi Huawei smartfonlariga bir yillik kafolat beriladi.

* * *

Keyingi paytlarda eng ko‘p va tez-tez yangi smartfonlar taqdimotlarini o‘tkazayotgan kompaniyalardan biri Xiaomi bo‘ladi. Mazkur ishlab chiqaruvchi «Xitoycha Apple» degan e’tirofga loyiq ko‘rilgani ham bejiz emas.

Xiaomi o‘z smartfonlarini ikki turkumdagi modellar ostida taqdim etadi. Redmi turkumidagi qurilmalari hamyonbopligi bilan, Mi turkumi smartfonlari esa ilg‘orligi bilan ajralib turadi. Ammo har ikkala turkum gadjetlari ham, narxini inobatga olgan holda taqqoslansa, mashhur smartfonsozlar mahsulotlaridan qolishmaydi.

«Malika» savdo markazida Xiaomi kompaniyasining Mi turkumi smartfonlariga belgilanayotgan narxlar bilan mana bu maqolamizda, Redmi seriyasi devayslarining narxlari bilan esa mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

* * *

Nisbatan katta yoshdagi ko‘pchilik telefon foydalanuvchilari uchun eng qadrdon brendlardan biri, shubhasiz, Nokia hisoblanadi. Mazkur nom ostida yangi zamonaviy smartfonlar ishlab chiqarilmoqda, shu bilan birga, bozorlarda Nokia’ning klassik uslubdagi – tugmachali telefonlari ham taklif etilayotir. «Karvon ko‘p, rizqi bo‘lak», deganlaridek, ular ham o‘z xaridorlarini topmoqda.

Xullas, Nokia’ning ayrim hamyonbop telefonlariga poytaxtimizdagi «Malika» savdo markazida qo‘yilayotgan narxlarni mana bu maqolamizda ko‘rsatganmiz.

* * *

Xullasi kalom, tanlash imkoniyati ko‘p – smartfon brendi va modelini ham, xarid qilish va to‘lov usulini ham shu maqolalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida tanlashingiz mumkin.

Ular haqidagi, shuningdek narxlari borasidagi ma’lumotlardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib borish uchun esa bizdan uzoqlashmang!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.