TeraTavsif: Xiaomi Mi Note 10 Lite (4-qism)

TeraTavsif: Xiaomi Mi Note 10 Lite (4-qism)

Xiaomi Mi Note 10 Lite smartfoni tavsifining to‘rtinchi qismida foydalanuvchi interfeysi va qurilmaning benchmark sinovlaridagi natijalariga to‘xtalib o‘tamiz.

Tavsifning boshqa qismlari bilan tanishish uchun bu yerga bosing.

Android 10 asosidagi MIUI 11
Qahramonimiz hozirgi aksariyat Xiaomi va Xiaomi'ga aloqador smartfonlar (ahem, Poco) singari Android 10 asosidagi MIUI 11 interfeysida ishlaydi. Butun interfeys bo‘ylab sodda dizayn va yuqori darajada sayqal ishlari ko‘rinib turadi va bu yillar davomida amalga oshirilgan o‘zgaritirish/takomillashtirish ishlari natijasidir.

Biometrik xavfsizlik borasida, Xiaomi Mi Note 10 Lite ekranni qulfdan chiqarish uchun sizga yoki barmoq izi, yoki yuzni tanishdan birini tanlash imkonini beradi. Barmoq izi skaneri tez va ishonchli ishlagani bois sizga ushbu usuldan foydalanishni maslahat bergan bo‘lardik. Yuzni tanish unchalik ham ishonchli emas, biroq qulaylik siz uchun birinchi o‘rinda bo‘lsa, unda, ushbu usuldan foydalansangiz ham bo‘ladi.

Qurilmani qulfdan chiqarishda aks ettiriladigan bir necha animatsiyalardan birini tanlashingiz mumkin. Xiaomi bu borada ham mayda detallargacha e’tibor bergani uchun kompaniyaga maqtov aytmasdan iloj yo‘q.

Mi Note 10 Lite Doim yoniq ekranni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu funksiya doim ishlab turishi yoki ma’lum vaqt doirasidagina yoniq turishini belgilab qo‘yishingiz mumkin. MIUI 11'da juda ko‘p mavzular bor. Ulardan birini tanlashingiz va hatto ba’zilarini o‘zingizga moslashtirib olishingizning imkoni ham bor. Doim yoniq ekran oynasi faol bo‘lganda yangi bildirishnomalar kelsa, ekran chetlarida bu aks etadi.

Qulf ekranida, shuningdek, bir necha tezkor funksiyalar mavjud. Oynaning chap tomonidagi tezkor paneldan Mi Pult va IoT gadjetlaringizni nazorat qilishingiz va fonarni yoqib-o‘chirishingiz mumkin.

Navigatsiya, odatdagidek, ekran quyisidagi uchta tugma vositasida amalga oshiriladi. Biroq ishoraviy boshqaruv imkoni ham bor. Oldingi ilovaga o‘tish uchun ekranning yon tomonlarini surish kerak bo‘ladi.

Butun tizim bo‘ylab amal qiluvchi Qora rejim ham bor. Interfeysning deyarli barcha jihatlari, masalan, oboylar, ikonkalar, shrift va h.k. larni didingizga moslashtirib olsangiz bo‘ladi.

MIUI, bundan tashqari, Xavfsizlik ilovasiga ham ega. U yerdan qurilmangizni viruslarga qarshi skaner qilish, qora ro‘yxatni boshqarish, mobil ma’lumotlardan foydalanishni nazorat qilish/taqiqlash, operativ xotirani keshdan tozalash kabilarni bajarish imkoni bor. Ilova, shuningdek, o‘rnatilgan ilovalarga berilgan ruxsatlarni boshqarish va qaysi ilova qancha darajada akkumulyator quvvatidan foydalanishi mumkinligini belgilash, kerak bo‘lsa, taqiq qo‘yish mumkin.

Xiaomi'ning qator multimedia ilovalari ham bor — Galereya, Musiqa va Video pleyer. Ba’zi mintaqalarda bu ilovalarda pullik striming xizmatlari ham taqdim qilinadi. MIUI 11 hujjatlarni ko‘rish uchun yangi ilovaga ham ega va dastur deyarli barcha ommabop fayl formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Mi Note 10 Lite infraqizil nur taratgich vositasida ishlovchi Mi Pult ilovasiga ham ega ekanligi esdan chiqmasin. FM Radio ham bor, albatta.

Sintetik benchmarklar
Qahramonimiz Lite bo‘lmagan sherigi kabi Snapdragon 730G chipida ishlaydi. Qualcomm’ning o‘rta toifaning o‘rta sinfiga mansub ushbu chipi sakkiz yadroli asosiy protsessorga ega; CPU 2+6 tipidagi konfiguratsiya asosiga qurilgan: 2.2 GHz lik 2 ta Kryo 470 Gold va 1.8 GHz lik 6 ta Kryo 470 Silver yadrolari bor. Grafik protsessori esa — Adreno 618. Tezkor va doimiy xotira borasida uchta tanlov bor — 6/64, 6/128 va 8/128GB. Tavsifimida 6/128GB lik versiyadan foydalanyapmiz. Doimiy xotira UFS 2.1 tipida.

GeekBench 5.1 (yakka yadroli)
GeekBench 5.1 (bir necha yadroli)

GeekBench testi natijalariga e’tibor qaratsak, qurilmamiz o‘rtacha natija ko‘rsatganini ko‘ramiz. Snapdragon 730 (G-siz) ga ega Galaxy A71, Mi 9T va realme X2'lar yakka yadro sinovlarida biroz yaxshiroq natija qayd etgani ko‘rinadi. Snapdragon 765 lik Motorola Edge esa anchayin yaxshiroq natija ko‘rsatib, Kirin 810'da ishlovchi Huawei P40 Lite va Honor 9X'lar bilan bir qatorda turibdi.

AnTuTu ham bizning smartfonga boshqa sheriklaridan ko‘ra pastroq ball berdi.

AnTuTu 8

 

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (4-qism)

Xulosa

NOTEBOOKCHECK

8.8балл

Xiaomi Mi Note 10 Lite yuqori toifaga mansub «aka»si Mi Note 10 bilan deyarli bir xil darajada kuchli va bir xil texnik jihatlarga egaligi bois qurilma nomidagi «Lite» so‘zi foydalanuvchiga smartfon haqida ma'lumot berishdan ko‘ra ko‘proq chalg‘itadi. Xiaomi faqatgina kamera moduliga o‘zgartirishlar kiritgan, biroq 108MP o‘rniga qo‘yilgan 64MP kamera ham maqtovga loyiq. Mi Note 10 Lite anchayin arzon; bu borada «Lite» jumlasi smartfonga mos keladi.

DIZAYN

DISPLEY

KAMERA

FUNKSIYAVIYLIK

FOYDALANISHGA QULAYLIGI

ALOQA

SAMARADORLIK

AKKUMULYATOR

Qaerdan sotib olish mumkin?

Asaxiy 3 150 000 сўм Sotib olish
Radius 3 380 000 сўм Sotib olish
Mediapark 3 485 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

  • Katta va yorug‘ AMOLED ekran
  • HDR10
  • A'lo darajadagi akkumulyator avtonomligi
  • Tezkor quvvatlash
  • Yaxshi yorug‘likda sifatli tasvirlar
  • A'lo darajadagi video stabilizatsiyasi
  • Foydalanishga qulay MIUI interfeysi
  • Apdeytlarning tez-tez kelishi
  • 3.5 mm audio jek
  • FM radio
  • Infraqizil blaster

 Kamchiligi

  • Telefoto kamera mavjud emas
  • Past yorug‘likda kamera sifati ko‘ngildagidek emas
  • Selfilar sifati a'lo darajada emas
  • microSD karta sloti yo‘q
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.