TeraTavsif: Xiaomi Poco M4 Pro 5G (Redmi Note 11)

TeraTavsif: Xiaomi Poco M4 Pro 5G (Redmi Note 11)

Poco M4 Pro xalqaro bozor uchun sotuvga chiqdi. Albatta, ushbu qurilma mavsumning bestseller smartfoni bo‘lishi kutilmoqda. O‘tgan yilgi Poco M3 Pro 5G bilan taqqoslaganda yangi smartfonning texnik ko‘rsatkichlari ancha yaxshilangan. Misol uchun, qurilmaga kattaroq va rangdorroq displey, takomillashgan kameralar, tezkor quvvtlash texnologiyasi hamda stereo dinamik o‘rnatilgan. Ushbu o‘zgarishlarga qaramay, smartfon narxi hali ham arzonligicha qolgan.

O‘QING: Google Pixel 6 Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Foto: GSMArena

Yangi Poco smartfoni 6.6 dyuymli IPS LCD displeyiga ega bo‘lib, u 90Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Boshqa o‘zgarishlar haqida gapiradigan bo‘lsak, yangi displey DCI-P3 ranglarini qo‘llab-quvvatlaydi. Poco M3 Pro sRBG rangli displeyga ega edi. Ekranning sensorli namuna olish chastotasi 180Hz dan 240Hz ga oshdi.

Smartfon Dimensity 810 5G chipi bilan jihozlangan. O‘tgan yilgi Poco M3 Pro qurilmasi Dimensity 700 5G chipiga ega ekanligini hiobga olsak buni sezilarli o‘sish deyish mumkin. Chip CPU tezligi bo‘yicha kichik o‘sishga erishgan, biroq ushbu chip 6 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan. Avvalgi Dimensity 700 esa 7 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan edi. Shunday bo‘lsada, kundalik foydalanishda bu jihatlar uncha sezilmaydi.

Foto: GSMArena

Xiaomi endi kameralar sonini ko‘paytirish o‘ynini yakunladi. Kompaniya ko‘p ham foydalanilmaydigan makro hamda sath kameralardan voz kechdi. Poco M4 Pro 5G'da 50MP asosiy kamera hamda 8MP ultrakeng kamera mavjud. To‘g‘ri kamerlar soni M3'dan kamroq, lekin Poco M3 smartfonida ultrakeng kamera yo‘q edi.

Smartfon 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, uni 33 vattda quvvatlash mumkin. Quvvatlash adaperi smartfon qutisidan o‘rin olgan. Xiaomi'ning aytishicha, smartfon to‘liq quvvatlanish uchun 59 daqiqa vaqt sarflaydi.

Yevropa mamlakatlarida 4/64GB xotira hajmiga ega bo‘lgan Poco M4 Pro'ning narxi 230 yevroni tashkil qiladi.

Xiaomi Poco M4 Pro 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.6x75.8x8.8mm, 195g; old panel shisha (Gorilla Glass 3), orqa panel plastik, plastik rom, IP53 standarti.

> Displey: 6.60 dyuymli IPS LCD displeyi, 90Hz ekran yangilanish chastotasi, 450 nit yorqinlik, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 399ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek Dimensity 810 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.4 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2.

> Xotira: 4/64GB, 6/128GB; UFS 2.2; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11 MIUI 12.5.

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, 26mm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 119˚.

> Selfi kamera: 16MP, f/2.5, (keng).

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected]/60 kadr/sek; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek.

> Akkumulyator: 5,000 mAs, 33 vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 59 daqiqada (reklamaga ko‘ra).

> Boqsha: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port; 3.5mm audio jek.

Smartfon IP53 standarti ega bo‘lib, chang va suv sachrashiga chidamli hisoblanadi. Bu yomg‘ir ko‘p yog‘adigan hamda nam hududlarda yashovchi foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha afzallikdir.

Smartfonda endi makro hamda sath kameralari mavjud emas. Bu portret rejimiga ta’sir o‘tkazadimi yoki AI algoritmi olib tashlangan kamera o‘rnini to‘ldira oladimi? Bunga keyinroq javob beramiz.

Qadoq tarkibi

Odatdagidek qurilma Poco smartfonlari kabi sariq qutida sotiladi. Qadoqda smartfon bilan birga 33 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli, SIM-karta ejektori, shaffof silikon g‘ilof hamda Poco stikerlari o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

O‘QING: realme GT Neo2'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Dizayn

Poco M4 Pro 5G bu - Redmi Note 11 smartfonining qayta brendlangan versiyasi hisoblanadi. Poco smartfonlari o‘zining dizayniga ega. Redmi Note 11 farqli o‘laroq M4 Pro'ning orqa panelida katta Poco yozuvi bor.

Qurilma orqa panelining chetlari rom tomonga qayrilgan. Panel esa matoviy qoplamga ega. Ushbu matoviy qoplam ancha sifatli bo‘lib, qo‘l bilan tekkanda panel xuddi shisha qoplamga ega bo‘lgandek taassurot qoldiradi.

Foto: GSMArena

Grafitli orqa panel chiroyli ko‘rinadi, lekin u barmoq izlarini o‘zida ushlab qoladi va bir necha daqiqada orqa panel barmoq izlari bilan to‘lib ketadi. Agar barmoq izlarini yoqtirmasngiz, sariq yoki ko‘k rang variantlarini ko‘rib chiqishingiz mumkin, ammo ikkalasida ham tepadagi to‘rtburchak maydon qora rangda bo‘ladi.

Orqa panel dizaynidan smartfon Poco brendiga mansubligi bilinib turadi. Smartfonning orqa paneli hamda romlari plastikdan ishlangan. Qurilmada IP53 standarti bo‘lib, u smartfonni chang va suv tomchilaridan himoya qiladi.

Old panel 6.6 dyuymli displeydan iborat. Poco M3 Pro 5G bilan taqqoslaganda uning displey hajmi 0.1 dyuymga kattalashgan. Avvalgidek displey yuqori qismining o‘rtasida yumaloq tirqishli selfi kamera joylashgan. Displey endi DCI-P3 rang imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, uning sensorli namuna olish chastotasi 240Hz ga oshgan.

Foto: GSMArena

Smartfondagi selfi kameraning rezolyutsiyasi ham oshgan. Avvalgi M3'da 8MP selfi kamera bo‘lgan bo‘lsa, Yangi smartfon 16MP selfi kamera bilan jihozlangan. Displeyning eng yuqori qismida ingichka dinamik joylashgan. Bu stereo dinamik vazifasini bajaradi.

Foto: GSMArena

Shuningdek, smartfon romininng yuqorisida ham bir necha teshikchalar bo‘lib, ular ham stereo dinamikning bir qismi hisoblanadi. Agar smartfonda musiqa qo‘yilganda smartfonning yuqori hamda pastki qismlaridan ovoz eshitiladi. Yuqoridagi dinamik pastdagi asosiy dinamikchalik baland tovush chiqara olmaydi. Biroq stereo ovoz effekti mono dinamikka qaraganda ancha yaxshi musiqa ohangini beradi.

Keling, yana bir bor smartfonning orqa paneliga nazar tashlaymiz. U yerda katta kamera moduli bo‘lib, unda ikkita kamera joylashgan. Kamera modulining yuqori qismidan 50MP asosiy kamera o‘rin olgan. Pastki qismida esa 8MP ultrakeng kamera, LED chiroq hamda ikkita yumaloq teshikda qizil nuqta va AI yozuvlari joylashgan.

Foto: GSMArena

Xiaomi keraksiz bo‘lgan kameralardan voz kechgani juda yaxshi. Agar kompaniya ushbu kamera moduli dizaynidan voz kechganida yanada yaxshiroq bo‘lgan bo‘lardi.

Qurilmaning romlari ham plastikdan ishlangan hamda yoqmili matoviy qoplamga ega. Orqa panel rom tomonga biroz qayrilgan, bu o‘z navbatida smartfon qo‘lda yaxshi o‘rnashib turishiga imkon beradi.

Foto: GSMArena

Smartfonning yuqori qism romida mikrofon, infraqizil port, ikkinchi dinamik joylashgan. Pastki qismda esa asosiy dinamik, USB-C porti, 3.5 mm audio jek o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

SIM-karta uyasi esa smartfonning chap qismida joylashgan. Unga ikkita SIM-karta yoki bitta SIM-karta hamda bitta microSD kartasini qo‘yish mumkin.

Foto: GSMArena

Ovozni sozlash tugmalari smartfonning o‘ng tomonida joylashgan. Quvvat tugamsi ham shu yerdan o‘rin olgan bo‘lib, u barmoq izi skaneri vazifasini ham bajaradi.

Foto: GSMArena

Poco M4 Pro 5G'ning o‘lchamlari 163.6x75.8x 8 mm, og‘irligi esa 195 grammni tashkil qiladi. Poco M3 Pro 5G bilan taqqoslaganda u ikki millimeterga uzunroq hamda besh grammga og‘irroq.

Kompaniya smartfon dizaynini yaxshi ishlab chiqqan. Smartfon byudjed sinfiga mansub. Qurilmaning texnik jihatlarida kelib chiqib, u o‘z narxiga mos ekanligini aytishimiz mumkin.

O‘QING: vivo X70 Pro+'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Displey

Poco M4 Pro 5G smartfoni 2,400x1,080 piksel rezolyutsiyadagi 6.6 dyuymli IPS LCD bilan jihozlagan. Displey yuqori qismining o‘rtasida yumaloq tirqishli selfi kamera joylashgan. Displeyni esa Gorilla Glass 3 shishasi himoyalab turadi. Shuningdek, displey ustiga qo‘shimcha himoya uchun plastik qoplam o‘rnatilgan bo‘ladi.

Foto: GSMArena

Smartfon 90Hz ekran yangilanish chastotasi hamda 240Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Avvalgi Poco M3 Pro'ning displeyi 90Hz chastotada ishlar edi, biroq sensorli namuna olish tezligi nisbatan sekinroq 180Hz chastotani tashkil qilar edi.

Afsuski, displey hech qanday HDR imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlamaydi. Sinov davomida displey yorqinligi 410 nitgacha ko‘tarildi. Quyosh nurlari ostida esa yorqinlik 510 nitga oshdi. Eng minimal yorqinlik darajasi esa 1.3 nitni tashkil qildi.

Poco uchun MIUI operatsion tizimi ikki xil: Yuqori (90Hz) hamda Standard (60Hz) ekran yangilanish chastotasini taklif etadi. Yuqori ekran yangilanish chastotasi rejimida ekran joriy kontentga qarab 50Hz, 60Hz hamda 90Hz ga avtomatik tarzda o‘tgan holda ishlaydi.

Foto: GSMArena

Poco M4 Pro'ning displeyi DCI-P3 rang imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. MIUI operatsion tizimida uch xil rang kontrasti sozlanmalari mavjud. Bular Vivid (standard DCI-P3) Saturated (DCI-P3) hamda Standard (sRGB) sozlanmalaridan iborat.

Skrinshot: GSMArena

Vivid rejimida sezilarli ko‘k rang tusi ko‘zga tashlandi. Shuningdek, ranglar aniqligi yaxshi darajada emas. Xuddi shunday holat Saturated rejimida ham kuzatiladi. Standard rejimda esa ranglar aniqligi yaxshi darajada.

Poco M4 Pro 5G smartfoni Widevine L1 DRM'ni qo‘llab-quvvatlaydi. Foydalanuvchi maksimal FullHD piksellar sonida strim kontentlaridan bahramand bo‘lishi mumkin.

Akkumulyator

Qurilma 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Uni 33 vattda quvvatlash mumkin. Avvalgi Poco M3 Pro ham 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Biroq u 18 vattda quvvat olar edi.

Skrinshot: GSMArena

Akkumulyator avtonomlik testida qurilma 123 soatni qayd etdi. Bu Redmi Note 10 5G hamda Poco M3 Pro 5G qayd etgan natija bilan bir xil. Umumiy qilib aytganda, smartfon sinov mobaynida o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi.

Skrinshot: GSMArena

Quvvatlash

Poco M3 Pro bilan taqqoslaganda yangi M4 Pro ikki barobar tezkorroq quvvatlash texnologiyasiga ega. Qutidan 33 vattlik quvvatlash adapteri o‘rin olgan.

Qurilma yarim soat ichida 0% dan 54% gacha quvvat to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Skrinshot: GSMArena

To‘liq quvvatlanish uchun smartfon 59 daqiqa vaqt sarflashi reklamada aytib o‘tilgan. Biroq o‘tkazilgan testda smartfon 100% quvvatlanish uchun 67 daqiqa vaqt sarfladi.

Skrinshot: GSMArena

Quvvatlanish vaqtida cmartfonning harorati oshib ketishi mumkin, shuningdek, ushbu jarayon tarmoqqa ulanish va ilovalarni avtomatik yangilash kabi fon xizmatlariga ta’sir qiladi. Shunga qaramay, 67 daqiqa - bu byudjet smartfon uchun ajoyib natija!

Smartfonda simsiz quvvatlanish imkoniyati mavjud.

Dinamik

Poco M4 Pro 5G stereo dinamik bilan jihozlangan. Oldingi avlod Poco M3'da esa faqatgina bitta dinamik bor edi xolos.

Foto: GSMArena

Asosiy dinamik smartfonning pastki qismida, qo‘shimcha dinamik esa yuqori qismida joylashgan. Pastki qismidagi asosiy dinamik yuqorida joylashgan ikkinchi dinamikka nisbatan balandroq tovush chiqaradi.

Skrinshot: GSMArena

Ovoz balandligi testidan smartfon dinamiklari juda yaxshi natijani qayd etdi. Bass va yuqori tonlar yaxshi taqdim etilgan bo‘lsa-da, o‘rta tonlarda yetishmovchiliklar mavjud. Umumiy olganda byudjet sinfiga kiruvchi smartfonda bunday stereo dinamiklarning bo‘lgani ham quvonarli holat.

O‘QING: TeraTavsif: Apple iPhone 13 Pro Max