Tesla Model 3 himoyasini buzgan xakerlarga elektromobil hadya etildi!

  •   DiMaX
  •  1090
  •  25.03.2019 18:44

Tesla Model 3 himoyasini buzgan xakerlarga elektromobil hadya etildi!

Axborot xavfsizligiga bag‘ishlangan CanSecWest konferensiyasi doirasida kuni kecha Pwn2Own tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. Fluoroacetate xakerlik guruhi a’zolari – Richard Chju hamda Amat Kem ushbu musobaqada Tesla Model 3 elektromobilining kompyuter tizimi himoyasini buzib kira olishdi.

O‘QING: Xaker ovlagan xaker haqida hikoya

Chju va Kem avtomobilning brauzeri himoyasidagi «tuynuk»ni topishdi va undan foydalanib, bir necha daqiqa ichidayoq multimedia tizimi ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga olishdi. Bu esa ularga displeyni bloklash hamda unga turli matnlarni chiqarish imkonini berdi. Tesla vakillari xakerlarga minnatdorchilik bildirib, ular topgan nuqson bartaraf etilishini ma’lum qilishdi.

Tesla’ning minnatdorchiligi ham chakkimas: xakerlar naq 375 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd puldan tashqari, yana 35 ming dollardan oshiq turadigan Tesla Model 3 eletromobili ham olishdi!

Ta’kidlash kerakki, Tesla kompaniyasi 2014 yildan buyon Pwn2Own bilan hamkorlik qiladi, ammo u xakerlarga qo‘shimcha sovrin tariqasida ilk bor avtomobil berdi.

O‘QING: Xakerlikni boshlash uchun 5 ta kitob