Tesla transport vositalari bo'yicha o'z rekordini qayta yangiladi

Tesla transport vositalari bo'yicha o'z rekordini qayta yangiladi

Ilon Maskning Tesla kompaniyasi o'tgan chorakdagi koronavirus bilan bog'liq muammolardan keyin zavod yopilishi sabab past natijali chorakdan tiklanib oldi va 2022-yil uchinchi chorakda yangi rekord natija bilan qaytdi. Tesla o'zining rasmiy veb-saytida ma'lum qilishicha (The Verge orqali), kompaniya oxirgi uch oyda 19,935 ta Model S va X, 345,988 ta Model 3 va Y, jami 365,923 ta elektromobillar ishlab chiqargan. Ulardan 343,830 tasi o'z egalariga yetkazib berilgan bo'lsa, qolgan 20,000 atrofidagisi qoldirilgan (endilikda yetkazib beriladi).

Ta'kidlash joizki, Tesla ikki yildan beri har chorakda elektromobil ishlab chiqarish va yetkazib berishda o'zining rekordini yangilab kelayotgan edi. Biroq, o'tgan chorakda bu an'ana uzilib qoldi, yoxud 2022-yilning aprel, may va iyun oylarida Tesla'ning Shanxaydagi zavodi koronavirus sabab yopilishi munosabati bilan kompaniya avvalgi choraklarga qaraganda sezilarli darajada kam (254,695) elektromobil yetkazib bergan.

Hozirda kompaniyaning barcha zavodlari ochiq va yaqin ular qatoriga Texas va Berlinda yangi ochilgan gigazavodlar ham qo'shilgan.

O'QING: Ilon Mask Tesla'ning Optimus roboti prototipini namoyish qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!