Tesla, Uber va PepsiCo rahbarlari AQSh prezidenti maslahatchilari etib tayinlandi

Tesla, Uber va PepsiCo rahbarlari AQSh prezidenti maslahatchilari etib tayinlandi

AQSh prezidenti Donald Trampning matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Tesla va SpaceX rahbari Elon Mask yangi prezident qoshidagi strategiya forumining a’zosi etib tayinlangan.

Shu bilan birga mazkur forumga Uber boshlig‘i Trevis Kalanik va Pepsi rahbari Indra Nuyi ham kiritilgan. Mazkur forum a’zolari AQSh prezidenti bilan tez-tez uchrashib, iqtisodiyotning turli jabhalariga qarashli mulohazalari, tajriba va prognozlari bilan o‘rtoqlashishlari talab etiladi, The Hill nashri xabarida.

Kuni kecha yangi AQSh prezidenti yangi maslahatchilari bilan uchrashgan. Uchrashuvda Sheri Sandberg (Facebook), Erik Shmidt va Larri Peydj  (Alphabet/Google) hamda Djeff Bezos (Amazon va The Washington Post) ishtirok etishgan.

Yangi maslahatchilar AQSh ishbilarmonlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, mamlakatda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!