Tesla xatosini tan oldi: elektromobillarga standart rullar qaytadi

Tesla xatosini tan oldi: elektromobillarga standart rullar qaytadi

Ilon Mask o‘z Twitter sahifasida Model X va Model S Plaid avtomobillariga standart rullar qaytmasligini aytgan edi. Biroq hammasi ham Tesla rahbari aytganidek bo‘lib chiqmadi, endi tanlov imkoniyati mavjud. 

Tesla'ning Xitoydagi onlayn do‘konida mashina xarid qilayotganda xaridorlarga rulning ikki xil variantda tanlash imkoniyati berildi. Birinchisi yarim aylana shakldagi noodatiy rul bo‘lsa, ikkinchi standart doirasimon rul. Kompaniya, shuningdek, standart rulning Model X va Model S Plaid avtomobillarida bo‘lishini hamda ularni narxi qancha bo‘lishini ham aytib o‘tdi. 

Ikki rulning narxida o‘zgarish bo‘lmaydi. Xaridor qaysi rulni tanlashi o‘zining xohishiga bog‘liq. Biroq standart doirasimon rulga ega elektromobillar shu yilning mart oyidan yetkazib berilishni boshlaydi. 

Ko‘plab Tesla avtomobillari aynan noqulay deb atalgan yarim aylana shakldagi rul bilan sotilgan. Kompaniya 700 dollar evaziga ushbu rulni odatiy rulga almashtirib berish imkoniyatini ham taklif qiladi.

O‘QING: Tesla jarimaga tortildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.