Tesla'ning odamsimon robotlari qachon chiqariladi?

Tesla'ning odamsimon robotlari qachon chiqariladi?

Tesla kompaniyasi o'zining inson shaklidagi robotining ilk prototipini bir necha oydan keyin taqdim qilishi mumkin. Bu haqida kompaniya rahbari Ilon Mask o'zining Twitter sahifasida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Bloomberg nashri.

Milliarderning so'zlariga ko'ra, Tesla'ning ikkinchi "AI Day" (sun'iy intellekt kuni) 30-sentabrga ko'chirildi va bu vaqtgacha kompaniya Optimus'ning ishlaydigan prototipini yaratadi.

Optimus nomli odam shaklidagi robot 2021-yilning avgustida Tesla'ning birinchi sun'iy intellekt kunida ko'rsatilgan va Mask bunday robotlar ko'p takrorlanadigan, zerikarli yoki odam uchun xavfli bo'lgan ishlarni bajarish uchun chiqarilishi aytgan edi.

Shuningdek, Tesla Bot deb ham ataladigan robot-gumanoid "vaqt o‘tishi bilan avtomobil biznesidan ham muhimroq bo‘lish potentsialiga ega bo‘ladi” deydi Ilon Mask.

2021-yilgi "AI Day" tadbirida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, Optimus bo'yi 173 santimetr atrofida, og'irligi esa 57 kilogram bo'ladi va u 20 kg og'irlikdagi yuklarni ko'tara oladigan bo'ladi. U ishlaydigan tizim esa Tesla o'zining elektromobillarida foydalanish uchun yaratayotgan sun’iy intellekt tizimiga asoslangan bo'ladi.

O'QING: Snapdragon 8+ Gen 1 chipi bilan chiqariladigan ilk smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!