TEST: Samsung’ning eng qimmat, eng zo‘r flagmani iPhone X va OnePlus 6’gayam bas kelolmadi!

  •   DiMaX
  •  3670
  •  11.08.2018 14:50

TEST: Samsung’ning eng qimmat, eng zo‘r flagmani iPhone X va OnePlus 6’gayam bas kelolmadi!

Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda o‘zining Galaxy Note 9 fabletini taqdim etgandi. Ushbu qurilma ayni damda Samsung kompaniyasining eng ilg‘or flagmani hisoblanadi.

O‘QING: Galaxy Note 9 taqdim qilindi: Samsung'ning eng kuchli va qimmat smartfoni

Tom’s Guide nashri tahririyati allaqachon ushbu Samsung Galaxy Note 9 smartfonini olib, uni Geekbench 4 hamda 3DMark Slingshot Extreme 3.1 servislarida tekshirib ko‘rishdi. Yangi devaysni ayni damda bozorda eng ilg‘or bo‘lgan boshqa flagmanlar bilan taqqoslashdi.

Testdan o‘tkazilgan fablet yakka kristalli Snapdragon 845 platformasiga hamda 6 GB tezkor xotiraga ega. Afsuski, samaradorlik imtihonlarida u ko‘pchilik kutganidek yuksak natija namoyon etmadi.

O‘QING: Jahonning eng kuchli smartfonlari, ularning narxi (2018 yil, avgust)

Xullasi kalom, Samsung Galaxy Note 9 protsessorning samaradorligini o‘lchovchi Geekbench 4 servisida iPhone X hamda OnePlus 6 flagmanlaridan past ko‘rsatkichga erishdi. To‘g‘ri, o‘zining avvalgi «ajdod»i – Galaxy Note 8 modeliga nisbatan uning samaradorligi  35 foizga oshgan.

3D Mark Slingshot Extreme 3.1 servisi esa qurilmalardagi grafik tizim samaradorligini baholashga mo‘ljallangan. Ushbu sinovda ham Galaxy Note 9 baribir uchinchi o‘rinni oldi, yetakchi esa – OnePlus 6.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, sintetik testlarning natijalari devayslarning kundalik foydalanishdagi ishlashidagi real holatdan farq qilishi mumkin. Lekin nima bo‘lganda ham, iPhone X salkam bir yil avvalgi model ekanini, OnePlus 6 ancha arzon turishini hisobga olsak, Galaxy Note 9 ko‘rsatkichlari baribir yaxshi emas.

O‘QING: "Malika"dan iPhone X o‘rniga olish mumkin bo‘lgan 5 ta arzon smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!