Texnologik hazillar

Texnologik hazillar

Agar do‘stlaring doim seni maqtashlarini istasang, telefoning internetini vay-fay qilib tarqat.

***

Agar Hotamtoy bizni zamonda yashaganda vay-fayga parol qo‘ymagan bo‘lardi.

***

Ona bolasiga ertak o‘qib beryapti: Shunday qilib Zumrad o‘rmonda otasini yo‘qotib qo‘yibdi. Otasi ham uni qidirib-qidirib topolmabdi.

Bola to‘satdan: Nega, telefon qilsa bo‘lmasmidi?!

***

Foydalanish shartlariga rozi bo‘lish xuddi Odam Atoning nikohiga o‘xshaydi, rad etish mumkin, ammo boshqa tanlov yo‘q.

***

Ba’zida internetdagi robotlar bizni robot emasligimizni isbotlashni so‘raydi, tovba.

***

Hozir ertakdagi aka-uka botirlar qaysi tomonga yurishni Random.org sayti orqali aniqlashadi.

***

Hozirgi zamonda negroid, yevropoid va mongoloid irqlaridan tashqari android degan irq ham paydo bo‘lgan. Faqat u irq barcha materiklarda yashaydi.

***

Farhod otasining xazinasidan eski Galaxy Note smartfonini topib olib, Shirin bilan Imo orqali gaplashgan ekan.

***

Bo‘ri barmoq izidan foydalangan holda eshikni ocholmagach, ona echkining barmoq izlarini soxtalashtiradi va uloqchalarni yeb ketmoqchi bo‘ladi. Bo‘ri juda kuchli xaker bo‘lgan ekan.

***

Kutubxonadagi statusdan: Last seen a long time ago

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!