Tezlikka muhtojlar uchun: NFS Unbound taqdim qilindi

Tezlikka muhtojlar uchun: NFS Unbound taqdim qilindi

Electronic Arts o'zining navbatdagi Need for Speed o'yini, Unbound treylerini chiqardi.

Treylerda taniqli reper, A$AP Rocky, ham musiqa egasi, ham o'yin qahramoni sifatida tasvirlangan bo'lib, o'yin boshqa NFS o'yinlaridan noodatiy multfilm stilidagi ko'rinishi bilan ajralib turadi. Ko'cha poygalariga asoslangan ushbu o'yinda siz oilaviy do'kondan o'g'irlab ketilgan mashinani qaytarib olish uchun boshlang'ich o'yinchidan eng yaxshi poygachi darajasiga chiqishingiz kerak.

Need for Speed: Unbound o'yini Criterion tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, uni siz 2-dekabrdan boshlab PlayStation 5, Xbox Series X|S konsollarida, kompyuterda esa EA dasturi, Origin, Steam yoki Epic Game Store orqali 69,99 dollarga sotib olib o'ynashingiz mumkin bo'ladi. Xohlovchilar hozirdanoq o'yinga oldindan buyurtma berishlari ham mumkin.

O'QING: Tesla'ning Semi yuk tashuvchi mashinalari katta yo‘lga chiqmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!