The Game Awards 2016 tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi

The Game Awards 2016 tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi

Yilning eng yaxshi kompyuter o‘yinlari aniqlashga mo‘ljallangan xalqaro The Game Awards tanlovining 2016 yilgi g‘oliblari e’lon qilindi. O‘yinlar AQShning eng mashhur kompyuter o‘yinlari yaratadigan nashrlar tarafidan saralangan. Shunday qilib, Overwatch o‘yini The Game Awards 2016 tanlovining eng yaxshi o‘yini, Blizzard Entertainment esa yilning eng yaxshi o‘yin yaratuvchi kompaniyasi deb tan olindi.

Pokemon GO tanlovning eng yaxshi mobil o‘yin va eng yaxshi oilaviy o‘yin nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Rez Infinite eng yaxshi VR-o‘yin deb topilgan. Tanlovning eng yaxshi badiiy dizayn yo‘nalishida g‘oliblik INSIDE o‘yiniga nasib qildi. Shu bilan birga, DOOM o‘yini eng yaxshi ekshn, Uncharted 4: A Thief’s End esa eng yaxshi syujetli o‘yin deb e’tirof etildi.

G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!