«This is Sparta!»: Assassin’s Creed turkumidagi navbatdagi o‘yin e’lon qilindi (+video)

  •   DiMaX
  •  1058
  •  02.06.2018 12:27

«This is Sparta!»: Assassin’s Creed turkumidagi navbatdagi o‘yin e’lon qilindi (+video)

Kompyuter o‘yinlari hozirda juda rivojlangan, ularni dunyo bo‘ylab millionlab kishilar o‘ynashadi. Shu bilan birga, smartfonlarda o‘ynaladigan, turli ijtimoiy tarmoqlar va hatto messenjerlarga moslashtirilgan o‘yinlar ham keng ommalashmoqda.

O‘QING: Afsonaning qaytishi: bepul Pokemon Quest o‘yini dunyoni zabt etishga tayyor! (+video)

Ubisoft kompaniyasi mashhur Assassin's Creed turkumiga mansub navbatdagi o‘yinning anonsini berdi. Ya’ni, o‘yin ishlab chiquvchilarining Twitter’dagi rasmiy akkaunti orqali kichkina videorolik tarzidagi tizer e’lon qilindi. Unga ko‘ra, yangi o‘yin «Assassin's Creed Odyssey» deb nomlanmoqda.

Ushbu videoravhada mashhur «This is Sparta!» uslubida dushmanni jarlikka uloqtirish sahnasi ko‘rsatilgan, logotip aks ettirilgan va o‘yin nomi ma’lum qilingan. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Assassin's Creed Odyssey o‘yinining tafsilotlari joriy yilning 13–15 iyun kunlari Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Electronic Entertainment Expo (E3 2018) ko‘rgazmasida ma’lum qilinadi. Ubisoft taqdimoti esa E3 2018 ko‘rgazmasidan ikki kun oldin – 11 iyunda boshlanishi aytilmoqda.

Tahlilchilarning taxminlariga ko‘ra, Assassin's Creed Odyssey o‘yini syujeti Qadimgi Yunoniston hududlarida bo‘lib o‘tadi. Unda geymerlar ikkita personajdan birini tanlab, uning rolida o‘ynashlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Brauzer orqali o‘ynaladigan o‘yinlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!