TikTok imkoniyatlarni uch karra oshirmoqda!

  •   DiMaX
  •  535
  •  02.07.2021 12:00

TikTok imkoniyatlarni uch karra oshirmoqda!

Yoshlar orasida o‘ta ommalashib borayotgan TikTok ijtimoiy tarmog‘ining kliyenti eng «ochofat» 50 ilova ro‘yxatiga kirgan. Kompaniya vakillarining xabariga ko‘ra, uning bu xususiyati endi yanada oshadigan ko‘rinadi.

O‘QING: O‘zbekistonlik tiktoker layk uchun 26 yillik qabrni kavladi (+video)

Xabaringiz borki, hozir TikTok tarmog‘ida davomiyligi 60 soniyagacha bo‘lgan videolarni joylash mumkin. Uning ma’muriyati ushbu limitni uch daqiqagacha oshirmoqchi.

«Yaqin haftalar ichida biz TikTok’da uzunroq videolar yaratish imkonini joriy etamiz va xalqaro hamjamiyatga uch daqiqagacha davomiylikka ega bo‘lgan videoroliklarni bevosita TikTok’da suratga olish, yuklash va tahrirlash borasida ko‘proq imkoniyatlarni taqdim qilamiz», deydi tarmoq jamoasi.

Oxirgi paytlarda test rejimida ayrim foydalanuvchilarga uch daqiqagacha uzunlikdagi videolarni post qilish imkoni berilgan edi. Yaqin orada esa ushbu funksiyadan barcha tiktokerlar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi