TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?

  •   DiMaX
  •  4146
  •  29.06.2020 13:09

TikTok sizning qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ayotganidan xabaringiz bormi o‘zi?

Yaqinda taqdim etilgan yangi – iOS 14 operatsion tizimiga o‘ta foydali funksiya qo‘shilgan – u almashuv buferiga «mo‘ralaydigan» ilovalarni ham fosh eta boshladi. TikTok aynan shu qilig‘i bilan qo‘lga tushgach, xitoylik dasturchilar ilovaning bu opsiyasini olib tashlashdi.

O‘QING: VIDEO: iOS 14’ning eng zo‘r funksiyasi va uni qo‘llovchi iPhone’lar ro‘yxati

Lekin xitoyliklarning mazkur ijtimoiy tarmoq ilovasining xatarlari bu bilangina tugamas ekan. Bangorlol nikli Reddit foydalanuvchisi TikTok’ning ishlash prinsipini tadqiq etish maqsadida uning kodini sinchiklab o‘rganib chiqib, hayratga tushdi. Oxir-oqibatda uni «ijtimoiy tarmoq niqobi ostidagi ma’lumotlar to‘plash servisi», deya e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, TikTok ilovasi odatda ijtimoiy tarmoq uchun xos bo‘lmagan bir qator ma’lumotlarni yig‘ar ekan. Ular qatorida qurilmaning parametrlari (protsessor turi, ekran o‘lchami, xotira hajmi va hokazo), o‘rnatilgan boshqa ilovalar (hattoki TikTok o‘rnatilganidan keyin o‘chirilganlarini ham), tarmoq ma’lumotlari (IP-manzil, Wi-Fi ulanish nuqtasining nomi), superfoydalanuvchi huquqi (root) mavjudligi kabilar mavjud. Ayrim holatlarda TikTok foydalanuvchining lokatsiyasi – joylashuv yerini hatto har 30 soniyada tekshirib turar ekan!

Bangorlol’ning ta’kidlashicha, TikTok uzoq vaqtgacha turli (shu jumladan, foydalanuvchilarning shaxslariga oid) ma’lumotlarni uzatish uchun himoyalangan HTTPS protokolini qo‘llamagan. Demak – ularni boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lgan. Bulardan tashqari, foydalanuvchining smartfoni orqali ma’lumot yig‘ish uchun buyruqni ham masofadan turib mumkin.

Mutaxassisning ma’lum qilishicha, na Instagram, na Facebook, na Twitter – hech biri TikTok qadar ko‘p ma’lumot to‘plamaydi.

O‘QING: TikTok haqida 10 statistika

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!