TikTok’da shov-shuv ko‘tarmoqchi bo‘lgan «andijonlik bezori»lar ishi sudga oshirildi (+video)

  •   DiMaX
  •  1491
  •  26.10.2020 18:00

TikTok’da shov-shuv ko‘tarmoqchi bo‘lgan «andijonlik bezori»lar ishi sudga oshirildi (+video)

Andijon viloyatida tunda xiyobondagi o‘rindiqlar, temir to‘siqlar, chiqindi urnasi, chiroqlarni tepgan va TikTok uchun video olgan uch yigitga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu to‘g‘rida viloyat IIB matbuot xizmati ma’lumoti asosida Daryo sayti xabar bermoqda.

O‘QING: Chirchiqda vagon ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan yigitni 27 ming voltlik tok urdi (video)

Boshqarma Telegram-kanaliga joylashtirilgan videolavhada tartibbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54 (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) hamda 183-moddalari (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ishlar rasmiylashtirilib sudga yuborilgani aytilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ishtirok etgan va uni tasvirga tushirgan yigitlar esa qilgan ishidan pushaymonligi, video orqali yomon maqsadni ko‘zlamagani, ushbu harakatlar orqali TikTok’da obunachilar, layklar sonini oshirib shov-shuv ko‘tarishni xohlaganini bildirgan.

O‘QING: Hokimning o‘g‘li 150 km/soat tezlikda avtomobil haydab, TikTok’da jarimalari bilan maqtandi (video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.