Tim Kuk: “Galaxy Note 7 sabab iPhone’ga o‘tayotganlar, xush kelibsiz!”

Tim Kuk: “Galaxy Note 7 sabab iPhone’ga o‘tayotganlar, xush kelibsiz!”

Yaqinda AQShning Apple kompaniyasi 2016 yilning 3 choragi uchun savdo hisobotlarini e’lon qildi. “Olma” ushbu davr mobaynida dunyo bo‘ylab 45,4 mln dona qurilmalarni sotuvga chiqargan. Albatta, bunday ko‘rsatkichga erishishda Galaxy Note 7 fabletining xizmatini ham istisno qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Ma’lumki, Janubiy Koreyalik gigantning shu yilning avgust oyida taqdim etgan navbatdagi fableti – Samsung Galaxy Note 7 flagmanini ishlab chiqarish 11 oktyabrdan e’tiboran rasman to‘xtatilgan edi. Biroq ushbu nuqtagacha yangi flagman atrofida juda kuchli xalqaro rezonans bo‘lib o‘tdi. Model yonib ketishi sabab turli sanksiyalarga ham uchradi. Natijada Samsung’dan hafsalasi pir bo‘lgan xaridorlar asta-sekinlik bilan Apple qurilmalariga o‘tishni boshladilar.

Sammobile saytining yozishicha, Apple kompaniyasining rahbari Tim Kuk SNBC kanaliga bergan intervyusida Samsung Galaxy Note 7 bilan sodir bo‘lgan holatni izohlab o‘tgan. Jumladan, Tim Kuk intervyuda shunday degan: “Galaxy Note 7 fableti yangi iPhone’larning muvaffaqiyatiga ko‘rsatgan ta’sirini baholash juda qiyin. Lekin biz ushbu smartfon sabab iPhone’ga o‘tgan foydalanuvchilarga xush kelibsiz, deymiz!” – deya fikrini yakunlagan Apple rahbari.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!