Time jurnali "2017 yilning kashfiyotlari"ni e’lon qildi

Time jurnali

Time jurnali an’anaga muvofiq, 2017 yilning eng g‘aroyib va innovatsion mahsulotlarini e’lon qildi. Ular orasida ko‘pchilikning diqqatini tortgan iPhone X ham alohida qayd etilgan.

Apple'ning tubdan o‘zgargan flagmanida foydalanuvchi shaxsini yuzga qarab tekshirish innovatsiyasi joriy qilingan. Kompaniya rahbariyati 2007 yildan boshlab shunday smartfon yaratishni orzu qilib kelishganini aytishadi. $1000 dollarga narxlangan bo‘lsa ham, iPhone X jahon miqyosida yaxshi sotilmoqda.

Shuningdek, Time'ga ko‘ra 25 ta turli kashfiyot va ishlanmalar, innovatsiyalar, jumladan shular orasidan quyidagilar ham yilning eng diqqatga sazovor "topilmalari" deb topilgan:

Jibo
O‘zini inson kabi tutadigan robot.

eSight 3
Ko‘rish bilan bog‘liq jiddiy xastalikka chalinganla ruchun ko‘zoynak.

Ember Mug
Qahvani ayni kerak haroratda saqlab turadigan krujka.

Thyssenkrupp MULTI
Nafaqat, pastga yoki tepaga, balkin yon tomonlarga ham yuradigan lift.

Nike Pro Hijab
Islom diniga e’tiqod qiluvchi va o‘ranishni afzal ko‘ruvchi sportchi ayollar uchun hijob.

Tesla Model 3
Avtomobil olamining "iPhone"i!

DJI Spark
Selfi olishni uddalaydigan dron.


Molekule
Har kim o‘z xonasida bo‘lishini xohladyigan havo filtri.


Bempu
Jajji bolajonlar uchun tana haroratini nazorat qiladigan braslet.


Spinner
2017 yilning 1-raqamli kashfiyoti.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.