Top-10: 2018 yilning kuchli kamerafonlari va yurtimizdagi narxi

Top-10: 2018 yilning kuchli kamerafonlari va yurtimizdagi narxi

10. Apple iPhone 8 – Apple iPhone 8 eng yaxshi surat va video olish reytingida 92 ballni qo‘lga kiritgan. Uning 12 megapikselli bosh kamerasiga f/1.8 standartli yorug‘lik taqsimlovchi ilg‘or linza o‘rnatilgan. Bosh kamera suratni optik barqarorlashtirish funksiyasi, lazerli avtofokus, fazali avtofokus tizimlari va LED fotochaqnoq bilan ta’minlangan.

Apple iPhone 8 yurtimizda 5 899 000 so‘mdan (64 Gb, silver) boshlab sotilmoqda.

9. Samsung Galaxy Note 8 – Galaxy Note 8 surat olishda raqibi bo‘lmish iPhone 8 Plus smartfonidan bir oz ustun. Uning surat va tasvir olish imkoniyatlari 94 ballga baholangan. Flagmandagi 12 megapikselli bosh sensorning yorug‘likni to‘playdigan va taqsimlaydigan diafragmasi ham nisbatan ilg‘or -- f/1.7 standartli. Bosh kameradagi ikkinchi sensor ham 12 megapikselli hamda RGB (rangli tasvir) tizimida surat oladi. Undagi yorug‘lik taqsimotiga mas’ul diafragma f/2.4 standartli. Ikkinchi sensor telefoto linzasi fazifasini ham bajaradi. Bosh kamerada "Dual Pixel", ya’ni qo‘sh pikselli suratga olish tizimi tatbiq qilingan. Shu bilan birga, "Dual OIS", ya’ni qo‘sh potik barqarorlashtirish tizimi ham aniq-tiniq surat va tasvir olishga yordam beradi. LED fotochaqnog‘i ham qo‘sh tusli.

Samsung Galaxy Note 8 smartfoni yurtimizda 6 105 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

8. Apple iPhone 8 Plus – iPhone 8 Plus ham Galaxy Note 8 kabi surat va tasvir olishda 94 ballga loyiq topilgan. Bu flagmanda ham bosh kamera qo‘sh sensorli -- 12 megpikselli (f/1.8 diafragma, keng burchakli surat) sensor + 12 megapikselli, f/2.8 diafragmali sensor. Bosh kamera 2 karralik yaqinlashtirish funksiyasi, optik baroqarorlashtirish tizimi va LED fotochaqnog‘iga ega .

Apple iPhone 8 Plus yurtimizda 6 889 000 so‘mdan (64 Gb) sotilmoqda.

7. Xiaomi Mi MIX 2S – Xiaomi'ning Mi MIX 2S flagmani eng so‘nggi taqdim qilingan kuchli kamerafonlardan biri. Uning imkoniyatlari 97 ballga baholangan. Smartfondagi 2 ta 12 megapikselli sensordan iborat bosh kamera f/1.8 standartli yorug‘lik taqsimlovchi linza bilan ta’minlangan. Dual Pixel texnologiyasi, optik barqarorlashtirish funksiyasi, 2 karralik optik yaqinlashtirish, orqa fonni dinamik g‘ira-shira qilish texnologiyalari flagmanning nomini oqlaydi.

Xiaomi Mi MIX 2S hozircha milliy smartfon bozoriga kirib kelgani yo‘q.

6. Huawei Mate 10 Pro – Mate 10 Pro kamerasining foto va video olish imkoniyatlari 97 ballga baholangan. Bu borada u Mi MIX 2S hamda iPhone X bilan bir xil natijani to‘plagan. Bosh kameradagi 20 megapikselli bosh sensor oq-qora suratlar oladi hamda ilg‘or yorug‘lik linzasiga (f/1.6) ega bo‘lgan. Ikkinchi sensor esa 12 megapikselli va uning yorug‘lik taqsimlovchi linzasi ham ilg‘or -- f/1.6 standartli. Bosh kamera gibrid avtofokus, optik barqarorlashtirish tizimi, 2 karrlik yaqinlashtirish, qo‘sh tusli LED fotochaqnoqqa ega bo‘lgan.

Huawei Mate 10 Pro yurtimizda 5 889 000 so‘mdan sotilmoqda.

5. Apple iPhone X – Mate 10 Pro hamda Mi MIX 2S kabi, iPhone X ham 97 ball to‘plagan. Uning bosh kamerasi qo‘sh -- 12 megapikselli (f/1.8) + 12 megpikselli (f/2.4) sensorlardan iborat bosh kamera 2 karralik optik yaqinlashtirish, optik barqarorlashtirish, lazerli avtofokus, fazali avtofokus ham 4 tusli LED fotochaqnoq bilan ta’minlangan.

Apple iPhone X yurtimizda 8 498 000 so‘mdan (64 Gb) boshlab sotilmoqda.

4. Google Pixel 2 – Google'ning Pixel 2 hamda Pixel 2 XL yaqin kunlargacha ham jahon kamerafonlarining "qiroli" edilar. Ular surat va video olishda 98 ballni qo‘lga kiritganlar. Pixel 2 flagmani bitta 12 megapikselli sensordan iborat bo‘lsa ham, 1.4 μm piksel sig‘imi va "Dual Pixel" texnologiyasi, fazali avtofokus, optik barqarorlashtirish va qo‘sh tusli fotochaqnog‘i bilan hanuz ilg‘orlardan biri bo‘lib turibdi.

Google Pixel 2 yurtimizda 720 AQSh dollaridan sotilmoqda.

3. Samsung Galaxy S9+ – Galaxy S9 flagmani innovatsion yorug‘lik to‘playdigan va taqsimladyigan linzaga ega bo‘lgan. Bu apertura yorug‘lik miqdoriga qarab kattalashadi yoki kichrayadi. Pixel 2 smartfonini "yer tishlatgan" koreyalik smartfon kamerasi 99 ballni qo‘lga kiritgan. Uning bosh kamerasi 12 megapikselli (f/1.5 / f/2.4) + 12 megpikselli (f/2.4, telefoto linzasi) sensorlar birikuvidan hosil bo‘lgan. "Dual Pixel", qo‘sh optik barqarorlashtirish, ko‘p kadrli surat olish funksiyalari, LED fotochaqnog‘i, sekundiga 960 ta kadrli sekinlashtirilgan video olishi bilan smartfon yanada kuchli.

Samsung Galaxy S9+ yurtimizda 750 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

2. Huawei P20 – Huawei P20 flagmani nemis sifati hisoblangan Leica firmasining qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan ta’minlangan. 103 ballga baholangan bosh kameraning bosh sensori manzarani 20 megapikselli (f/1.6) sig‘imda oq-qorada olsa, 12 megapikselli yordamchi sensor (f/1.8) manzarani rangli oladi va tizim avtomatik ravishda ularni yaxlitlashtirib qoyilmaqom surat hosil qiladi.

Flagman hozircha milliy smartfon bozoriga kirib kelgani yo‘q.

1. Huawei P20 Pro – Huawei P20 Pro 109 ball bilan ro‘yxatda mutloq peshqadam bo‘ldi! DxOMark ekspertalriga ko‘ra, P20 Pro kamerasining sifati uning "uch ko‘zli" bosh kamerasi bilan bog‘liq.

P20 Pro bosh kamerasi 3 ta moduldan iborat:

8 Mp sig‘imli sensor telefoto vazifasini bajaradi;

20 Mp sig‘imli modul esa oq-qora suratlar oladi;

40 Mp sig‘imli kamera esa 5 karralik yaqinlashtirish funksiyasiga ega, rangli va kattalashgan fokusdagi suratlar olishga mo‘ljallangan.

4D fokuslash, "sun’iy aql", 4K video, sekundiga 960 ta kadrli sekinlashtirilgan video olishi, qo‘sh tusli LED fotochaqnog‘i bilan bu kamerafon o‘ziga xos.

Flagman hozircha milliy smartfon bozoriga kirib kelgani yo‘q.

Huawei smartfon ishlab chiqaruvchilari orasida kamerafon ishlab chiqarishda yetakchi. Smartfonlar soni bo‘yicha DxOMark'ning reytingida Apple va Huawei yetakchi. Ularning har birida 3 tadan smartfon mavjud. Undan keyingi o‘rinda Samsung, so‘ngra Xiaomi va Google turibdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.