TOP-15: Eng ommabop o‘yin pristavkalari – PlayStation 4 atigi 6-o‘rinda!

  •   DiMaX
  •  2748
  •  19.04.2019 12:30

TOP-15: Eng ommabop o‘yin pristavkalari – PlayStation 4 atigi 6-o‘rinda!

Kiber o‘yinlar sanoati rivojlanib, o‘yin konsollarining ham har xillari chiqib bormoqda. O‘zbekistonda ayni damda eng ommalashgan konsollardan biri PlayStation 4 bo‘lsa kerak.

O‘QING: Yashnobodlik «shovvoz»ga o‘yingohdan o‘marilgan PlayStation buyurmadi

IGN nashri dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilgan o‘yin pristavkalari reytingini e’lon qildi. Xabarga ko‘ra, kuchli o‘n beshtalik ro‘yxatini tuzishda rasmiy ma’lumotlarga hamda ishlab chiqaruvchilarning sotuvlar statistikalariga tayanishgan.

Buni qarangki, juda muvaffaqiyatli chiqqaniga qaramasdan, PlayStation 4 konsoli besh yillik sotuvlardan so‘ng ham eng ommabopi emas ekan. Birinchi o‘rinni esa uning 2000 yili taqdim etilgan «ajdod»i – PlayStation 2 modeli 159 milliontalik ko‘rsatkich bilan egallab turibdi:

Ikkinchi o‘rindagi Nintendo DS portativ konsoli esa, 2004 yili chiqqan bo‘lsa-da, allaqachon 154 millionta sotilgan. Kuchli uchlikni 119 millionlik ko‘rsatkich bilan «qariya» pristavka – 1989 yilgi Game Boy konsoli yakunlab bergan.

Darvoqe, reytingda eng yuqori va ko‘p o‘rinlarni egallagan Sony kompaniyasining PlayStation 4 500GB rusumli o‘yin konsolini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 385 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Shuningdek, smartfonlarda o‘ynash uchun Ipega Batman Wireless geympadini atigi 249 000 so‘mga xarid qilish imkoni ham bor.

O‘QING: Microsoft disksiz Xbox One S All-Digital Edition konsolini taqdim etdi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!