TOP-5: 2017 yilning eng yaxshi arzon smartfonlari

TOP-5: 2017 yilning eng yaxshi arzon smartfonlari

1. ZTE Axon 7

ZTE Axon 7 Google’ning Daydream virtual voqelik platformasini qo‘llab-quvvatlaydi.

ZTE Axon 7 aloqa vositasi 5.5 dyuymli QHD (1440 x 2560 piksel sig‘imli) texnologiyasida ishlab chiqarilgan displeyga ega. Apparat ta’minoti uchun 2016 yilning ilg‘or Qualcomm Snapdragon 820 protsessori o‘rnatilgan. U ikki talqinda — 4 GB tezkor hamda 64 GB doimiy ichki xotira va 6 GB tezkor hamda 128 GB doimiy xotira bilan ishlab chiqariladi. Har ikkala talqinda xotirani 128 GB hajmgacha ko‘tarish mumkin.

Undagi 20 megapikselli bosh kamera tasvirni optik barqarorlashtirish tizimiga hamda fazali avtofokusga ega. Gadjetning old kamerasi 8 MP.

Mobil aloqa vositasining akkumulyatorining sig‘imi 3250 mA soat.

ZTE Axon 7'ning eng arzoni 399 AQSh dollaridan sotilmoqda.

2. Honor 6X

Huawei kompaniyasigi tegishli Honor brendi 2016 yilning 18 oktyabrida Honor 6X smartfonini namoyish qilgan edi.

Honor 6X 5,5 dyuymli Full  HD displey, ishlash chastotasi 2,1 GGs bo‘lgan Kirin 625 protsessori, ¾ GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Qurilma sig‘imi 3270 mA/st bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi, EMUI 4.1 interfeysidagi Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi.

Honor 6X $249 dollardan sotilmoqda.

3. Nexus 5X

LG Electronics kompaniyasi va Google korporatsiyasining 2016 yilda taqdim qilingan Nexus 5X modeli plastik korpus bilan qoplangan va 5,2 dyuym dioganalli ixcham IPS –matritsaga ega. Tasvirni Full HD (1080×1920, 424 ppi) formatida oladi. Nexus 5X’ning “yuragi”—6 yadroli Qualcomm Snapdragon 808 chipi va Adreno 418 grafikadan iborat. Uni 2 Gbli operativ xotira qurilmasi va 16/32 Gbli flesh-karta to‘ldirgan.

LG Nexus 5X apparatining kamera qismi Nexus 6P'ga o‘xshash, faqat u tezlashtirilgan videoyozuv paytida soniyasiga 120 tagacha kadr oladi.

Nexus 5X xalqaro bozorda $240-299 dollardan sotilmoqda.

4. Nokia 6

Nokia kompaniyasi 2017 yilning boshida Nokia 6 Android smartfonini taqdim qilgan edi. “Aqlli telefon” 5.5 dyuymli, Full HD sig‘imli, 2.5D Gorilla Glass himoya va bezak shishasi bilan qoplangan ekranga ega.

Unga Qualcomm’ning 8 yadroli Snapdragon 430 protsessori, 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira, microSD xotira bo‘lmachasi o‘rnatilgan. Smartfon Android Nougat operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Nokia 6 sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyatordan quvvat oladi, telefon barmoq izlari skaneriga ega.

Bosh kamera uchun 16 megapikselli, old kamera uchun 8 megapikselli sensor tanlangan.

Nokia 6 $199 dollardan sotuvga chiqarilgan.

5. Moto G5

Lenovo kompaniyasi shu yilning martida Barselonada Moto G5 smartfonini taqdim qilgan edi.

Moto G5 — metall korpus, Android 7.0 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadigan hamyonbop mobil telefon. Moto G5 gadjeti 5 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikselli) displey, 13 megapikselli bosh hamda 5 megapikselli old kameralar, Qualcomm Snapdragon 430 protsessori, 2 yoki 3 GB operativ, 16 yoki 32 GB doimiy ichki xotira, shuningdek akkumulyator sig‘imi 2800 mA soat bo‘lgan batareya bilan ta’minlangan.

G5 2 ta SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. U 128 GBgacha xotira kartasini o‘qiydigan microSD bo‘lmasiga ega.

Moto G5 barmoq ishoralarini ham tushunadi, misol uchun ishoralar orqali uning kamerasiga buyruq berish mumkin. Gadjetning Google Assistant virtual ovozli yordamchisiga ham ega bo‘lishi muhim jihatlardan biridir.

Moto G5 $149-199 dollardan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!