To‘rtta ob’yektivli bosh kameraga ega Galaxy A9 Star Pro smartfoni ilk suratlarda!

  •   DiMaX
  •  2152
  •  17.09.2018 17:10

To‘rtta ob’yektivli bosh kameraga ega Galaxy A9 Star Pro smartfoni ilk suratlarda!

O‘tgan haftada Samsung kompaniyasi asosiy kamerasi to‘rtta ob’yektivga ega smartfon tayyorlaganiga ishora qilib, taklifnoma tarqatgandi. Endi esa AllAboutSamsung saytining Instagram-sahifasi shu gadjetning ilk render suratlarini e’lon qildi.

O‘QING: RASMAN: Samsung to‘rt modulli bosh kameraga ega smartfon taqdimotiga taklif qilyapti!

Xabarga ko‘ra, eng «serkamera» ushbu smartfon Galaxy A9 Star Pro deb nomlanadi. Uning bosh kamerasidagi to‘rtta modul tikka joylashadi, ulardan o‘ngroqda – orqa panelning o‘rtasida esa daktiloskopik datchik o‘rnatilgan.

AllAboutSamsung nashriga ko‘ra, Samsung Galaxy A9 Star Pro aynan shunday ko‘rinishga ega bo‘lishini bir-biridan mustaqil bo‘lgan bir nechta manba tasdiqlagan. Rasman 11 oktyabrda namoyish etiladigan bu smartfon bozorga oddiy kora rangli, shuningdek jilvakor (gradiyent) moviy va pushti tusli korpuslarda taqdim qilinadi. Uning «elektron yuragi» sifatida esa Snapdragon 710 chipi tanlangan.

Janubiy koreyalik gigant shu kungacha bozorga chiqargan aksariyat rusumlardagi smartfonlar esa Terashop.uz internet-do‘konimizda sotilmoqda. Ular bilan tanishish, o‘zingizga ma’qul modelning xususiyatlarini ko‘rish va onlayn xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.