To‘rtta vivo smartfonlariga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

To‘rtta vivo smartfonlariga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Yaqin kunlar ichida to‘rtta yangi vivo smartfonlari taqdim etilishi kutilmoqda. Digital Chat Station insayderi ushbu smartfonlarga oid ba’zi ma’lumotlarni oshkor qildi. 

vivo S12 va S12 Pro smartfonlari 44 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘ladi. iQOO brendining yangi Neo 5s hamda Neo 5se qurilmalari esa 66 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Insayder, shuningdek, to‘rtala smartfonga Snapdragon 778G+, Dimensity 1200 hamda Snapdragon 888 chiplari o‘rnatilishi haqida ma’lumot bergan, biroq qaysi smartfon qaysi chipga ega bo‘lishiga oydinlik kiritmagan. 

Taxminlarga ko‘ra, vivo S12 va S12 Pro smartfonlari o‘rta toifadagi Snapdragon 778G+ chipi bilan, iQOO brendidagi qurilmalar esa Dimensity 1200 hamda Snapdragon 888 chipi bilan jihozlanadi. 

Barcha smartfonlar yangi OriginOS Ocean grafik qobig‘ida ishlaydi. 

O‘QING: Tecno smartfon kameralarini yaxshilash uchun mashhur kompaniya bilan hamkorlik qiladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!