Toshiba shaxsiy kompyuterlar bozoridan ketadi…mi?

Toshiba shaxsiy kompyuterlar bozoridan ketadi…mi?

Mustaqil manbaning The Wall Street Journal`ga tayanib yozishicha, Yaponiyaning Tosiba kompaniyasi kompyuterlar ishlab chiqarish yo‘nalishini sotuvga qo‘yishga qaror qildi va ayni paytda xaridorlar bilan muloqotlar olib borilmoqda.

Toshiba kompaniyasining bosh direktori Masashi Muromati (Masashi Muromachi) joriy yilning oktyabr oyi boshida naf keltirmayotgan bo‘limlardan voz kechish haqida gapirgandi. Bir oz vaqt o‘tib, kompaniya shaxsiy kompyuterlar bozoridan ketishga qaror qildi. Demak, bu qarordan mazkur yo‘nalishda ham brendning ishlari yaxshi emas, degan xulosaga kelish mumkin

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Toshiba Fujitsu kompaniyasi, shuningdek, bir qator mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan muloqot o‘tkazmoqda.

Hozircha aniq sotib oluvchi, bo‘lim narxi va muddati haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.

Yapon shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchilari

Kompaniyaning avvalroq ofis kompyuterlar ishlab chiqarishdan voz kechishi haqida gap-so‘zlar tarqagandi. Sababi, yapon kompaniyasi ayni shu yo‘nalishda jahon bozorining 2,3% foizini band etgan xolos va bir necha yildan buyon zarar bilan ishlamoqda.

Yaponiyaning Sony, Hitachi va Sharp kompaniyalari ham kompyuterlar ishlab chiqarishni to‘xtatgandi. NEC kompaniyasi esa bu yo‘nalishdagi faoliyatni davom ettirmoqda. Eslatib o‘tamiz, NEC kompaniyasining 51 % foiz aksiyasiga Lenovo egalik qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.