Toshkent uchun elektrobuslar sotib olishga $3,9 mln ajratiladi

  •   DiMaX
  •  336
  •  01.07.2021 14:34

Toshkent uchun elektrobuslar sotib olishga $3,9 mln ajratiladi

«Atmosferaga zararli moddalarni kam chiqaruvchi avtotransport vositalariga investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish» dasturi doirasida poytaxtimiz uchun elektrobuslar sotib olinadi. Ushbu loyiha BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Global ekologiya jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

O‘QING: Toshkentda Yutong elektrobusi qatnay boshladi

Uning doirasida Toshkent shahri jamoat transporti uchun elektrobuslarni xarid qilish hamda pilot loyiha tariqasida shaharda «yashil transport yo‘lagini» joriy etish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha 6 yil muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, donorlar – BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologiya jamg‘armasi tomonidan unga 3,9 mln. dollar mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Toshkent shahri misolida shahar jamoat transportida elektrotransportdan jadal ravishda foydalanishni joriy etish yo‘li bilan atrof-muhit sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyiha O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham joriy etilishi mumkin.

O‘QING: Andijonda elektromobil ishlab chiqariladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.