Toshkentda robototexnika bo‘yicha ilk shahar musobaqasi bo‘lib o‘tadi

  •   DiMaX
  •  1465
  •  28.05.2018 17:46

Toshkentda robototexnika bo‘yicha ilk shahar musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston yoshlari yurtimizda zamonaviy texnologiyalar hamda texnika sohalari rivojiga hissa qo‘shish niyatida ushbu yo‘nalishlarida ham yaxshi bilim olmoqdalar. Shu kabi sohalar bo‘yicha o‘quvchilar, talabalar orasida o‘tkazilayotgan turli tanlovlar, ochilayotgan o‘quv kurslari ham bu fikrimiz isbotidir.

O‘QING: «Huawei» o‘zbekistonlik iqtidorlar uchun noyob imkoniyat taqdim etmoqda

Jumladan, 29 may kuni poytaxtimizda robototexnika bo‘yicha birinchi shahar musobaqasi – Tashkent Robo Challenge bo‘lib o‘tadi, deb yozadi Spot nashri.

Ushbu tadbirda poytaxt o‘quvchilari hamda Robokidz Education, Sehriyo, Erudit, Wunderkind, Intellect, Evis, Smart Kids 94 kabi o‘quv markazlari va xususiy maktablarning qatnashchilari ishtirok etishadi. Musobaqada jami 72 nafar 10−14 yoshli o‘g‘il-qizlar, har bir jamoada 2 nafardan bo‘lib qatnashishadi.

Tashkent Robo Challenge musobaqasi kegelring turida tashkil etiladi. Unda ishtirokchilar avtonom robot yasashlari, bu robotlar ringda kegellarni ringdan surib chiqarishlari kerak bo‘ladi.

Mazkur tadbir 29 may kuni soat 9:00 da, poytaxtdagi Yoshlar ittifoqi binosida boshlanadi. Qiziquvchilar tomoshabin sifatida bepul kirishlari mumkin, deyiladi xabarda.

O‘QING: O‘zbekistonlik «xaker»lar bankomatni 15 daqiqada «buzib», xalqaro tanlovda uchinchi bo‘lishdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!