Toshkentda “Xakaton Open Data Challenge 2017” tanlovi boshlandi

Toshkentda “Xakaton Open Data Challenge 2017” tanlovi boshlandi

Toshkent shahridagi Inha universitetida 2017 yilning 29 noyabr kuni “Open Data Challenge” ilovalarni, ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda, ishlab chiqish bo‘yicha tanlovining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitetning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Elektron Hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va “UZINFOCOM” markazlari tomonidan tashkil etildi.

“Open Data Challenge”  – bu ochiq hukumat ma’lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish bo‘yicha musobaqa bo‘lib, u O‘zbekiston uchun nisbatan yangi bo‘lgan ochiq ma’lumotlar g‘oyasini targ‘ib etishga qaratilgan.

Xakatonning asosiy vazifasi Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) va O‘zbekiston davlat organlari veb-saytlarida joylashtirilgan, hamda xususiy sektor tomonidan taqdim etilgan ochiq ma’lumotlar orasida ijtimoiy va innovatsion ilovalar va xizmatlar yaratishdir.

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rezident-koordinatori va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Xelena Freyzer va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi rahbarining o‘rinbosari Devid Spayreslar xakatonning ochilish marosida ishtirok etdilar.

Olimjon Umarov shunday dedi: “Open Data Challenge xakatonining mashhurligi oshib bormoqda. O‘tgan yilga nisbatan tanlovda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirochilar soni ikki baravardan oshdi. O‘tgan yilgi ishtirokchilarning ishlari ochiq ma’lumotlar asosida aholi va tadbirkorlar uchun foydali ilovalar yaratish mumkinligini ko‘rsatdi”.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rezident-koordinatori Xelena Freyzer ta’kidladi: “Hukumat ma’lumotlarini ochilishi davlat resurslaridan samarali foydalanish hamda aholi va korxonalarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Ochiq ma’lumotlar va ommaviy axborotdan foydalanish imkonini berish 2030 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish dasturi (BRD) doirasida ham muhim o‘rin egallamoqda. Dasturning 16-maqsadi barcha bosqichlardagi institutlarning samaradorligini, hisobdorlik va inklyuzivlikka erishishga qaratilgan. Hukumat ma’lumotlarini ochish yaqinda qabul qilingan ma’muriy islohatlar konsepsiyasi va 2017-2021 yillar uchun harakatlar strategiyasini amalga oshirish uchun muhim omil bo‘lishi mumkin”.

Open Data Challenge xakatoni 2017 yilning 30 noyabrdan 3 dekabrgacha ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. 30 noyabr va 1 dekabr kunlari ro‘yxatdan o‘tgan 400 dan ziyod ishtirokchilar mahorat maktablari va seminarlarda ishtirok etadilar. Ushbu tadbirlar davomida ishtirokchilar malakali mutaxassislar dizayn-fikrlash, jamoalarni shakllantirish, Python tili asosida ma’lumotlarni tahlil etish, Lean Startup va Customer Development metodologiyasi, blokcheyn va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.

2 va 3 dekabr kunlari trening va master klasslarda olgan bilimlari va takliflar, hamda ochiq ma’lumotlar asosida o‘z loyihalarini yaratadilar.

Tanlov hakamlar hay’ati loyihalarni o‘rganib chiqadi va uch nominiatsiya asosida g‘oliblarni aniqlaydi:

  • Ochiq ma’lumotlarda asoslangan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig‘uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
  • Ochiq ma’lumotlarda asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig‘uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);
  • Xakatonning eng innovatsion loyihasi.

Birinchi ikki nominatsiyada g‘oliblar yakka va jamoaviy tarkibda aniqlanadi. Xakatonning eng innovatsion loyihasini g‘olibi Xakatonga taqdim etilgan yechimlar orasidan tanlab olinadi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2017 yilning 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!