Tramp internet-reklamaga pul sarflashda rekord o‘rnatdi

  •   DiMaX
  •  398
  •  03.09.2020 17:54

Tramp internet-reklamaga pul sarflashda rekord o‘rnatdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasi uchun internet-reklamaga rekord darajada ko‘p pul sarfladi. Bu haqda «Google Transparency Report» ma’lumotlari dalolat bermoqda, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Tramp bilan mojarolar tufayli TikTok rahbari iste’foga chiqdi

Gap 64,7 million dollar haqida ketmoqda. Ulardan 37,2 millionini «Yana buyuk Amerikani yaratamiz» qo‘mitasi, 27,4 millionini esa «Donald Tramp prezidentligi» saylovoldi shtabi sarflagan. Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Baydenning tashkilotchilari esa internet-reklamaga qariyb ikki baravar kam mablag‘ sarflashgan – buning uchun 32,58 million dollar ajratishgan.

Trampning xarajatlari oldingi rekordni yangiladi: Nyu-York eks-meri, milliarder Maykl Blumberg 2020 yilda saylovoldi kampaniyasiga 62,2 million dollar sarflagandi.

AQShda prezident saylovi 3 noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Saylovchilar respublikachilar partiyasidan amaldagi prezident Donald Trampga, demokratlardan esa vitse-prezident Jo Baydenga ovoz berishadi.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!