Tramp nafaqat o‘rnini, balki Twitter-akkauntini ham Baydenga topshiradi

  •   DiMaX
  •  357
  •  23.12.2020 17:01

Tramp nafaqat o‘rnini, balki Twitter-akkauntini ham Baydenga topshiradi

Biz avalroq Twitter endi Trampni imtiyozlaridan mahrum qilishi haqida yozgan edik. CNN nashri ma’lumotiga tayanib Xabar.uz yozishcha, ijtimoiy tarmoq Oq uyning idoraviy akkauntlarini Jo Bayden ma’muriyatiga topshirishga hozirlik ko‘ra boshladi.

O‘QING: Mashhur brendlar 2020 yilni bir so‘z bilan qanday atashmoqda?

Akkaunt rasman AQShning saylangan prezidenti inauguratsiyasi kuni — 2021 yilning 20 yanvarida yangi egasiga topshiriladi.

Xuddi 2017 yilgi prezidentlar almashinuvidagi kabi, jarayon Arxivlar milliy boshqarmasi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilyapti, dedi Twittyer vakili Nik Pasilio.

Donald Tramp ma’muriyatining barcha tvitlari Arxivlar milliy boshqarmasi tomonidan arxivlanadi. Qolaversa, birinchi xonim hamda matubot kotibining ijtimoiy tarmoq sahifalari ham demokrat-prezident vakillariga o‘tadi.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.