Tramp tinch keta olmaydi: TikTok uning ma’muriyati farmoni ustidan sudga murojaat qildi

  •   DiMaX
  •  349
  •  11.11.2020 17:57

Tramp tinch keta olmaydi: TikTok uning ma’muriyati farmoni ustidan sudga murojaat qildi

TikTok ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining mamlakatda ushbu dasturdan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmoni kuchga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun AQShning Apellyasiya sudiga murojaat qildi. Bu haqda kompaniya bayonot berdi, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etdi!

Oktyabr oyida «Wall Street Journal» Pensilvaniya sudi 12 noyabrdan boshlab TikTok’ni taqiqlash to‘g‘risidagi AQSh savdo vazirligining qarorini vaqtincha blokirovka qilishni buyurganligini xabar qildi. Avvalroq AQSh Savdo vazirligi, agar kompaniya milliy xavfsizlikka tahdid masalasini hal qilmasa, TikTok kompaniyasining mamlakatda ishlashini 12 noyabrdan boshlab taqiqlashini aytgan edi.

Bayonotda aytilishicha, AQSh ma’murlari ByteDance  kompaniyasining bosh kompaniyasiga TikTok bilan bog‘liq barcha AQSh aktivlarini bekor qilishni buyurgan. Biroq, kompaniya «tashvishlarni hal qilish» bo‘yicha takliflariga «jiddiy javob» olmadi.

«Biz doimiy ravishda yangi muammolarga duch kelganmiz. Biz AQSh ma’muriyatiga taklif qilgan yechimlarni qabul qilish-qilmasligi to‘g‘risida aniqlik yo‘qligi sababli, biz 30 kunlik imtiyozli muddatni so‘radik... Bizning huquqlarimizni va Qo‘shma Shtatlardagi 1500 dan ortiq xodimlarimizni himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilishdan boshqa ilojimiz yo‘q», – deyiladi TikTok bayonotida.

AQSh ma’muriyati TikTok’ni amerikaliklar ma’lumotlarni XXR rasmiylariga yetkazishda ayblamoqda. Shu munosabat bilan Tramp avgust oyida «TikTok tahdidiga qarshi kurashish to‘g‘risida» va «WeChat tahdidiga qarshi kurash to‘g‘risida» farmonlarni imzoladi, bu ByteDance dasturlari egasi bilan Amerika yurisdiksyasidagi har qanday operatsiyalarni bekor qilishga bir oy vaqt bergandi.

O‘QING: TikTok’da shov-shuv ko‘tarmoqchi bo‘lgan «andijonlik bezori»lar ishi sudga oshirildi (+video)