Transport vositalari egalari diqqatiga: yagona elektron baza shakllantiriladi

  •   DiMaX
  •  823
  •  03.04.2019 09:55

Transport vositalari egalari diqqatiga: yagona elektron baza shakllantiriladi

Yurtimizda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasi shakllantiriladi. Bu xususda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bergan.

O‘QING: Ijaraga beriluvchi transport vositalari videoregistrator va GPS-navigatorlar bilan ta’minlanishi lozim

Bu haqda joriy yilning 30 martida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Transport vositalarini majburiy tarzda texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida qayd etilgan, deyiladi xabarda.

Mazkur qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad, avtomototransport vositalarining texnik holatini aniqlash yuzasidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish samaradorligini yanada oshirish, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etishdan iborat.

Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tomonidan oxirgi uch yil davomida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan avtomototransport vositalari 3 oy muddatda yalpi xatlovdan o‘tkaziladi. 2019 yil 1 iyulga qadar majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasi shakllantiriladi.

Shu bilan birga, joriy yilning 1 iyuliga qadar belgilangan muddatda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan avtomototransport vositalarini boshqarganlik holatlarini «Ma’muriy amaliyot» kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmi joriy etiladi.

O‘QING: Toshkent avtobuslarida GPS tizimi va «MyBus Tashkent» ilovasi yana ishga tushadimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!