Trillionga navbatdagi sakrash: Apple yana eng qimmat kompaniyaga aylandi

  •   DiMaX
  •  1060
  •  02.05.2019 10:30

Trillionga navbatdagi sakrash: Apple yana eng qimmat kompaniyaga aylandi

Kuni kecha Microsoft kompaniyasi daromadlari oshganligi haqidagi moliyaviy hisobotini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng uning aksiyalari narxi o‘sib, Microsoft kapitalizatsiyasi 1 trillion AQSh dollaridan oshgan edi.

O‘QING: Endi Microsoft yetakchi! Kompaniya kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshdi.

Kecha esa Apple ham o‘z hisobotini e’lon qildi va buning ortidan kupertinolik korporatsiya aksiyalari 6 foizga qimmatlashdi. Buning natijasida Tim Kuk kompaniyasi kapitalizatsiyasi yana 1 trillion dollardan oshib ketdi. Esingizda bo‘lsa, u o‘tgan yilning avgustida trillionlik marrani egallagan ilk kompaniya bo‘lgandi.

Bir trillion dollarlik ko‘rsatkichga ilk bora erishgan Microsoft esa hozirda 992 milliard dollarlik kapitalizatsiya bilan ikkinchi o‘ringa tushib qolgan.

Lekin shunisi qiziqki, Apple hisobotiga ko‘ra, uning barcha moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘sish o‘rniga birmuncha pasaygan. Uning smartfonlar savdosi ham ancha sustlashgan, faqat taqiluvchi elektronika gadjetlaridan va servislaridan tushadigan daromadi sal oshgan. Shunga qaramasdan, uning aksiyalari qimmatlashgani g‘alati. Aftidan, Apple’ning joriy chorak uchun prognozi yuqoriroq ekanligi investorlar e’tiborini tortgan.

O‘QING: Jeff Bezos tashlagan besh qadam yoki Amazon qanday qilib 1 trillion dollarlik kompaniyaga aylangani haqida

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!