Try.Fit loyihasining istiqboli qanday?

  •   Saroy
  •  1086
  •  11.05.2018 15:51

Try.Fit loyihasining istiqboli qanday?

Hozir dunyoning turli burchaklarida innovatsiya texnologiyalar asosida yangi-yangi loyihalarga qo‘l urilmoqda. Ularning ayrimlari kutilmagan ijobiy natijalarni bermoqda. Ana shunday loyihalarning biri  Try.Fit  deb ataladi.  

Dastavval, 3D-modeli bo‘yicha kiyim-kechak tanlash tizimini yaratish loyihasiga qo‘l urildi. Ammo unga poyafzal kabi talab unchalik katta bo‘lmas ekan. Chunki odamlar, odatda olgan sviteri yarim razmer katta bo‘lsa ham kiyib ketaveradi, dukonga qaytarib kelmaydi. Kiyim chiroyli, arzon, yaxshi turibdi, bo‘pti-da.

Poyafzal bilan vaziyat boshqacharoq: Oyoqni qisayotgan yoki aksincha kattalik qilayotgan tufli bilan yurolmaymiz. Aynan shu sababli ham, onlayn-dukonlarda tufli tanlash borasida 3D-modeli oyoq loyihasiga kirishilgandi.

Xo‘sh, bu tizim nimadan iborat? Yirik poyafzal do‘konlarida oyoq 3D-skaneri o‘rnatilgan. Xaridor bir bor shunday skanerga chiqib tursa bir daqiqadan keyin oyog‘ining razmeri haqida raqamli ma’lumot oladi. Uning parametrlari magazindagi ma’lumotlar bazasi bilan solishtiriladi, natijada xaridor o‘zining oyoq tuzilishiga eng ma’qul bo‘lgan oyoq kiyimlar modeli ro‘yxatini ko‘radi. Shu bilan birga, issiqlik kartasi ham yaratiladi, u yurayotganda yoki yugurayotganda ma’lum bir model oyoqni siqayaptimi yoki kattalik qilyaptimi ko‘rsatadi.

Ushbu raqamli skaner telefonga o‘rnatilgan maxsus ilovaga yuklanadi. Keyin ushbu ilova orqali odam uydan chiqmasdan turib o‘ziga dukondan oyoq kiyim tanlashi mumkin. Bu internet orqali poyafzal xaridini yanada tezlashtiradi.

Hozirga kelib, aytish mumkinki, mazkur loyiha nishonga borib tekkan: yirik savdo tarmog‘i bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi —  «Skolkovo» fondining qo‘llab quvvatlashi natijasida «Dekatlon» bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ayni paytda bir qator yirik kompaniyalar mazkur loyihaning hamkoriga aylandi.

Loyiha sovdo tarmoqlari uchun ham qiziqarli tuyulmoqda, chunki tovarni qaytarib berish holatlari keskin kamayadi, internetda konversiya ortadi. Hozircha o‘rtacha konversiya internet dukonlarda 2 foiz bo‘lsa, Mazkur loyihaniki 6 foizni tashkil etmoqda, bu ko‘rsatkich yaqin orada 10-15 foizga chiqishi mumkin.

Odamlar esa vaqtini tejaydi, oyog‘ining sog‘ligini yaxshilaydi, chunki noto‘g‘ri tanlangan poyafzal oyoqda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Investorlarning ham ko‘ngli to‘ladi, chunki moliyalashtirishning ikkinchi bosqichida yig‘ilgan mablag‘ evaziga loyiha yanada keng ko‘lam kasb etishi mumkin.

Ha, ishlar shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, uning kelajagi porloq, chunki avval boshdan uni istiqboli zo‘r bo‘ladi, deb ishga kirishilgan edi-da.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.