Tsukerberg sizning Facebook’dagi ma’lumotlaringizni tarqatgani uchun Kongressda javob beradi

  •   DiMaX
  •  993
  •  05.04.2018 13:26

Tsukerberg sizning Facebook’dagi ma’lumotlaringizni tarqatgani uchun Kongressda javob beradi

Facebook kompaniyasi smartfonlardagi ilovalar orqali o‘z mijozlarining hatto telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlarini ham kuzatib kelayotgani haqida yozgan edik. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqdagi 50 milliondan oshiq foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari Cambridge Analytica kompaniyasiga «sizib chiqib» ham ketgan.

O‘QING: Facebook tan oldi: u Android-smartfonlardagi qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarni kuzatmoqda!

Facebook kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg endi shu masalalar bo‘yicha AQSh Kongressida ko‘rsatma beradi. Uning chiqishi 11 aprel kuni, soat 10:00 ga rejalashtirilgan, deyiladi Kongressning Energetika va savdo qo‘mitasi saytida.

Aytish kerakki, Angliyadagi Cambridge Analytica kompaniyasi turli tahlillar o‘tkazish maqsadida Facebook foydalanuvchilari bilan ijtimoiy tarmoqda so‘rovlar o‘tkazgan. Shu bilan birga, mazkur yuzerlarning aslida maxfiy saqlanadigan shaxsiy ma’lumotlarini ham noqonuniy tarzda qo‘lga kiritgan. Bu mojaro ortidan Facebook aksiyalari narxi tushib ketgani sababli Mark Sukerberg ko‘p milliard dollarlik ziyon ko‘rmoqda.

O‘QING: Sizni Facebook kuzatuvidan himoyalovchi kengaytma!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.