Turizmni rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha reallik texnologiyasi qo‘llaniladigan “NAZZAR” mobil ilovasini joriy etiladi

Turizmni rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha reallik texnologiyasi qo‘llaniladigan “NAZZAR” mobil ilovasini joriy etiladi

O‘zbekistonni Sharq madaniyati va tarixining markazi sifatida xalqaro maydonga olib chiqish va uning ijobiy tomonlarini yanada mukammal namoyish etish, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida turizm imkoniyatlaridan keng foydalanish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatishning innovatsion usullarini targ‘ib qilish maqsadida qo‘shimcha reallik texnologiyasi qo‘llaniladigan “NAZZAR” mobil ilovasini joriy etiladi.

Ushbu mobil ilovani yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, “SmartChain” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar. Bu haqda Innovatsion Rivojlanish vazirligi ma’lum qildi.

Manbada yozilishicha, Innovatsion rivojlanish vazirligi “SmartChain” MChJ ilovasining ishlab chiquvchisi va operatori bilan birgalikda turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishga ko‘mak beradi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, ushbu ilova iOS va Android platformalarida ishlovchi mobil ilova bo‘lib, telefon orqali maxsus suratlarni “jonlantirish” imkoniyatini beradi. Suratlar “jonlanarkan” suratdagi ob’yektlar, tarixiy obidalar, muzey eksponatlari haqida ma’lumotlar o‘qib eshittiriladi.

O‘QING: O‘zbekistonda investitsiya portali ishga tushdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!