Turli xil narx toifadalardagi eng zo‘r Android smartfonlar yettita reytingda (AnTuTu)

Turli xil narx toifadalardagi eng zo‘r Android smartfonlar yettita reytingda (AnTuTu)

Qualcomm kompaniyasi Android smartfonlar uchun unumdorligi eng baland bo‘lgan chiplarni ishlab chiqaradi. Biroq, AnTuTu reytingiga ko‘ra, Qualcomm bilan raqobat qilishi mumkin bo‘lgan boshqa kompaniyalar ham paydo bo‘lmoqda.  

Flagman smartfonlar toifasida top uchtalikdagi qurilmalar Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan. Bular: Red Magic 7 Pro, IQOO 9 Pro, IQOO 9. Hozirda Snapdragon 8 Gen1 bilan MediaTek kompaniyasing Dimensity 9000 raqobatlashmoqda. Ushbu chip bilan jihozlangan Redmi K50 Pro smartfoni to‘rtinchi o‘rin, Oppo Find X5 Pro esa oltinchi o‘rinni egalladi. Top o‘ntalikdagi qolgan smartfonlar esa Snapdragon 8 Gen1 chipida ishlaydi. 

Red Magic 7 Pro o‘yinbop smartfon bo‘lib, uning ichiga maxsus sovutish parraklari o‘rnatilgan. Bu esa chipsetga chastotalarini yuqori darajada ushlab turish imkonini berdi. Garchi IQOO 9 modellari parrakli sovutish tizimiga ega bo‘lgan o‘yinbop smartfon bo‘lmasa-da, ulardagi oddiy sovutish tizimi qolgan smartfonlarnikidan yaxshiroq ishlaydi. 

Dimensity 9000 chipi bilan jihozlangan smartfonlar haqida gapiradigan bo‘lsak, Oppo Find X5 Pro oddiyroq sovutish tizimiga ega bo‘lganligi uchun u Redmi K50 Pro'ga nisbatan kamroq ball to‘plagan. 

Snapdragon 8 Gen1 hamda Dimensity 9000 chiplarini taqqoslaydigan bo‘lsak, CPU unumdorligi bo‘yicha MediaTek chipi yaxshiroq, biroq, undagi Mali-G710 MC10 GPU Qualcomm'ning Adreno 730 grafik protsessoridan kuchsizroq. Bu hayratlanarli holat emas, chunki Adreno bir necha yillardan beri Android smartfonlardagi eng kuchli GPU bo‘lib kelmoqda. 

2000 yuan, ya’ni 315 dollargacha bo‘lgan smartfonlar segmentida ham Snapdragon va Dimensity chiplari bilan jihozlangan smartfonlar yetakchi. Motorola Edge S30 (Snapdragon 888+) birinchi, realme GT 5G (Snapdragon 888) ikkinchi o‘rinni egallagan. realme GT Neo2T (Dimensity 1200) qurilmasi esa kuchli uchlikka yakun yasab bergan. Redmi Note 10 Pro (Dimensity 1100) to‘rtinchi, realme Q3s (Snapdragon 778G) esa beshinchi o‘rinni egalladi. 

3000 yuan ya’ni 470 dollargacha bo‘lgan smartfonlar segmentida Moto Edge X30 (Snapdragon 8 Gen1) chili yetakchi bo‘lidi. Shuningdek, reytingidan Redmi K50 (Dimensity 8100), Redmi K50 Pro (Dimensity 9000) o‘rin olgan. Ushbu segmetda asosan o‘z narxiga  ajoyib texnik ko‘rsatkichlarni taklif qiluvchi smartfonlar mavjud. Ko‘rib turganingizdek, Dimensity 8100 chipi Dimensity 9000'dan yaxshiroq natija qayd etgan. 

4000 yuan, ya’ni taxminan 630 dollargacha bo‘lgan smartfonlar reytingida Redmi K50 Gaming, realme GT2 Pro va nubia Z40 Pro smartfonlari yetakchi. Uchala qurilma ham Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan. Undan keyingi o‘rinlarga Snapdragon 888 va 888+ chilplariga ega IQOO 8 va IQOO 9 smartfonlari joylashgan. 

5000 yuan, ya’ni 785 dollar narxdagi smartfonlar segmentida Snapdragon 8 Gen1 chipida ishlovchi Red Magic 7 Pro, Xiaomi 12 Pro va IQOO 9 Pro modellari yetakchi. 

Turli xil narx toifadalardagi flagman smartfonlar reytingida Dimensity 9000 chipli Oppo Find X5 Pro yetakchi. Qizig‘i, Dimensity chipli versiya Snapdragon chipli versiyadan yuqoriroq ball to‘plagan. 

O‘rta toifadagi smartfonlar reytingida IQOO Z5 (Snapdragon 778G) smartfoni yetakchi bo‘lsa, Honor 60 Pro (Snapdragon 778G+) va Mi 11 Lite 5G (Snapdragon 780G) smartfonlari kuchli uchlikka yakun yasab bergan. Qolgan yettita smartfondan oltitasi Snapdragon 778 chipli qurilmalar bo‘lsa, birgina Oppo Reno6 5G smartfoni Dimensity 900 chipi bilan jihozlangan. 

O‘QING: Snapdragon 7 Gen1 chipi chiqmoqda 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!