Tuxum chatnadi: layklar rekordchisi ikkinchi suratni e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  3920
  •  19.01.2019 15:16

Tuxum chatnadi: layklar rekordchisi ikkinchi suratni e’lon qildi

Shu oy boshida Instagram foydalanuvchilaridan biri ijtimoiy tarmoqlardagi layklar sun’iy va noxolis mexanizmlar asosida yig‘ilishini ko‘rsatib berdi. Buning uchun u shunchaki tovuq tuxumining oddiygina suratini Instagram’ga joylab, rekord darajada layk to‘plash uchun unga ovoz berishlarini so‘radi.

O‘QING: Layklar bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatgan suratni tomosha qiling!

Natijada u chindan ham rekordga erishdi: yuqoridagi xabar e’lon qilingan kuni uning layklari soni 38 milliondan oshgan bo‘lsa, hozir 79 millionga yaqinlashib qolgan!

Ushbu surat muallifi, o‘zi anonim qolgan holda, bugun ikkinchi rasmni ham Instagram’ga joyladi. Unda yana bitta tuxum aks etgan, faqat uning yuqorisida chatnash ko‘zga tashlanadi.

Ushbu ikkinchi rasm bilan u biror nima yozmagan ham, lekin 12 soat mobaynida u 4 milliondan oshiq layk olgan. Ehtimol, muallif keyinroq tuxumning ko‘proq chatnagani, so‘ng esa uning yorilib, ichidan biror nima chiqqani aks etgan suratlarni e’lon qilar.

O‘QING: YouTube’da bir haftadayoq eng ko‘p «dislayk» to‘plagan rekordchi videoni ko‘rdingizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!