Twitter Apple TV, Amazon Fire TV va Xbox One uchun oqimli video ilovasini ishga tushirdi

Twitter Apple TV, Amazon Fire TV va Xbox One uchun oqimli video ilovasini ishga tushirdi

Twitter kompaniyasi Apple TV, Amazon Fire TV va Xbox One telepristavkalari uchun mo‘ljallangan yangi ilovani ishga tushirdi. Mazkur ilova orqali Twitter’dagi oqimli videoni televizorlarda ko‘rish mumkin.
Ilovalarni o‘rnatish uchun to‘lov talab etilmaydi. Ilovalar orqali Twitter’dagi videokontent, jumladan, Amerika MFL matchlari, MLB Advanced Media, NBA, Pac 12 Networks, Campus Insiders, Cheddar va Bloomberg News kanallaridagi videolar jonli translatsiya qilinadi.
Eng qulayi, telepristavkalar orqali tarmoqdagi videolarni tomosha qilish uchun Twitter’da ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Apple TV foydalanuvchilari uchun tarmoqdan uzluksiz premium-video va’da qilingan.

482057

To‘rtinchi avloddagi Apple TV uchun Twitter xalqaro masshtabda yo‘lga qo‘yilgan. Xbox One uchun Twitter’dan hozircha Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya, Braziliya, Kanada va Meksikada foydalanish mumkin.
Amazon Fire TV va Fire TV Stick xizmatlari uchun Twitter hozircha AQSh va Buyuk Britaniyada ishlaydi.