Twitter mobil ilovasining yengil versiyasini chiqardi

  •   DiMaX
  •  896
  •  26.09.2017 10:10

Twitter mobil ilovasining yengil versiyasini chiqardi

Twitter ijtimoiy tarmog‘ining mobil kliyenti – anchadan beri ma’lum va ko‘p qo‘llanuvchi ilovalardan biridir. Yaqinda uning yengillashtirilgan versiyasi – Twitter Lite ham taqdim etildi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Bu dasturni o‘rnatish uchun smartfon doimiy xotirasidan atigi 3 MB bo‘sh joy talab etiladi. Ilovada trafikni tejash rejimi mavjud; unda barcha fotosuratlar va videolavhalar avtomatik tarzda yuklanmaydi, balki keraklilarini foydalanuvchining o‘zi ochib ko‘radi. Boshqa funksiyalari esa to‘laqonli Twitter-kliyentnikidan farq qilmaydi.

Xabarga ko‘ra, ushbu ilova asosan internet tezligi past bo‘lgan mamlakatlar va kuchsizroq smartfonlar uchun chiqarilgan.

Hozircha Twitter Lite faqatgina Filippindagi Android-qurilmalar uchun, beta-test formatida taqdim etilgan. Kompaniya rahbariyati yengillashtirilgan kliyentni boshqa mamlakatlar bozorlarida tarqatish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqayotir.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Twitter Lite dasturini Google Play’dan bemalol yuklab olish imkoniyati hozircha faqat Filippindagi foydalanuvchilar uchun taqdim etilgan. Biroq boshqa hududlardagi Android-qurilmalar egalari uni mazkur do‘konga biror VPN-servis orqali kirib o‘rnatib olishlari mumkin. Shuningdek, ilovaning apk-faylini mana bu havola orqali ko‘chirib olib, o‘zingiz o‘rnatsangiz ham bo‘ladi.

Darvoqe, Trampning mazkur tarmoqdagi birgina tviti bois Amazon 6 milliard dollar mablag‘idan mahrum bo‘lgani, shuningdek, Obamaning Twitter’dagi yangi fikri rekord o‘rnatgani haqidagi xabarlarimizga ham qarab qo‘yishingizni tavsiya etamiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!